Banklarning muammoli kreditlari qoldig‘i 10 trln.so‘mdan oshib ketdi

Banklarning muammoli kreditlari qoldig‘i 10 trln.so‘mdan oshib ketdi

Banklarning jami kreditlar qoldig‘i 2021 yil 1 aprel holatiga 283,5 trln.so‘mni tashkil qilgan. Bu haqda Markaziy bank xabar qildi.
Shundan,
• yuridik shaxslarning – 226,7 trln.so‘mlik
• jismoniy shaxslarning – 56,8 trln.so‘mlik kredit qoldiqlari mavjud.

Jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar bo‘yicha:

  • 29,4 trln so‘mlik ipoteka;
  • 12,1 trln so‘mlik avtokredit va iste’mol kreditlari;
  • 9,3 trln so‘mlik tadbirkorlik uchun ajratilgan kreditlari;
  • 5,9 trln so‘mlik mikroqarz bo‘yicha kredit qoldiqlari mavjud.

Shuningdek, kreditlar tarkibida muammoli kreditlar (NPL) miqdori 10,2 trln.so‘mni tashkil qilib, jami kredit portfelining 3,6% ini tashkil qilgan.
Yil boshiga nisbatan muammoli kreditlar miqdori 4,4 trln.so‘mga oshgan va bu asosan davlat banklari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 1 aprel holatiga:

• Xay-Tek bankning jami kredit portfeli 201 mlrd.so‘mni tashkil qilib, shundan 179 mlrd.so‘mi yoki 89,4%i muammoli kreditlarga (NPL) aylangan;
• Turkiston bankda kredit portfeli 703 mlrd.so‘m, shundan muammoli kreditlari 610 mlrd.so‘m yoki 86,7%;
• Madad invest bankda kredit portfeli 123 mlrd.so‘m, shundan muammoli kreditlari 57 mlrd.so‘m yoki 46,6%ni tashkil qilmoqda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar