Birja orqali 1,5 mln dollarlik paxta tolasi eksport qilindi

Birja orqali 1,5 mln dollarlik paxta tolasi eksport qilindi

Joriy yilning boshidan buyon O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasining valyuta savdo maydonchasi orqali umumiy qiymati 1,5 mln. dollarlik 1 534 tonna paxta tolasi eksportga sotildi. Bu esa birja orqali amalga oshirilgan eksportining umumiy qiymatidan 15 foizni tashkil etadi. 2019 yilning mos davri bilan solishtirganda paxtaning birja orqali eksport qilish hajmi 36% ga o‘sgan.

Paxta tolasining sotuvchisi sifatida “O‘zpaxtasanoat” AJ korxonalari ishtirok etib, ular tomonidan birja savdolari orqali paxta tolasining 1 va 5 navlari Birlashgan Arab Amirligi (BAA) va Turkiyaga sotilgan.

O‘tkazilgan savdo natijalariga ko‘ra, bir tonna paxta tolasining o‘rtacha eksport narxi 973,17 dollarini tashkil etdi. Shu jumladan 1-navli paxta tolasining bir tonnasi 1 752,79 dollar va 5-navli paxta tolasining o‘rtacha narxi 859,61 dollarini tashkil etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda paxta tolasi uchun jahon birjalarida shakllangan o‘rtacha narxi mahsulotning bir funti uchun 69,4 sent (bir tonnasi 1 530 AQSh dollar) ni tashkil etdi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar