O‘tgan hafta davomida, ya’ni 13 – 19 dekabr kunlari "O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJning barcha savdo platformalarida 2 181,7 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 10,2% ga ko‘pdir.
Bunda sotuvlarning 78,7% - birja savdolari; 0,4% - ko‘rgazma-yarmarka savdolari; 20,6% - elektron davlat xaridlari va 0,2% - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to‘g‘ri keldi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 1 017,6 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 64,6 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.
Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 2 422 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 5,4 mlrd so‘mni tashkil qildi. Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 7,0% birinchi toifadagi avtoraqamlarga; 12,6% ikkinchi; 10,9% uchinchi; 13,5% to‘rtinchi; 16,8% beshinchi va 39,3% oltinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.
Birja savdolari
Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 716,6 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qo‘yishdi, shu jumladan:
Sement
O‘tgan hafta mobaynida birja savdolariga 285 660,0 tonna sement qo‘yildi va ulardan 139 387,0 tonnasi, ya’ni 48,8% sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 27,9 ming tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 515,8 ming so‘mdan 506,3 ming so‘mgacha, ya’ni 1,8% ga pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 203 xaridor ishtirok etdi.
Suyultirilgan gaz
Birjaning suyultirilgan gaz bozorida narxlar pasayishi qayd etildi. Hafta davomida birja savdolariga 6 848,0 tonna suyultirilgan gaz qo‘yildi va ulardan 4 475,0 tonnasi, ya’ni 65,3% qismi sotildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda suyultirilgan gaz bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 3 217,4 ming so‘mdan 3 024,9 ming so‘mgacha, ya’ni 6,0%ga pasaygan.
O‘tkazilgan birja savdolari natijasida suyultirilgan gaz bo‘yicha shakllangan o‘rtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 8 145,9 ming so‘mni tashkil etdi.
Shakar
Birjaning shakar bozorida narxlar pasayishi qayd etildi. Hafta davomida birja savdolariga 12 963,0 tonna shakar qo‘yildi va ulardan 10 932,0 tonnasi, ya’ni 84,3% qismi sotildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 7 944,8 ming so‘mdan 7 841,5 ming so‘mgacha, ya’ni 1,3%ga pasaygan.
O‘tkazilgan birja savdolari natijasida mahalliy shakarning 3-kategoriyasi bo‘yicha shakllangan o‘rtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 8 142,0 ming so‘mni tashkil etdi.
Barcha tovarlar uchun haftalik kotirovkalar bilan mazkur havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.
Izoh qoldirish