Quyidagi faoliyat turlarini to‘xtatish bo‘yicha cheklov joriy yilning 15 avgustiga qadar uzaytirildi:
- parklar va istirohat bog‘laridagi attraksionlar;
- buyum bozorlari va buyumlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi yirik do‘konlar;
- sport zallari, fitnes klub, trenajer, basseynlar;
- umumiy ovqatlanish ob’yektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona. Yetkazib berish xizmati bundan mustasno);
- maktabgacha ta’lim tashkilotlari, o‘quv kurslari va har qanday to‘garaklar;
- sanatoriylar (koronovirus infeksiyasidan davolangan va reabilitatsiya o‘tayotgan bemorlarga tibbiy yordam tashkil etiladigan sanatoriylardan tashqari), pansionatlar, bolalar oromgohlari, xostellar, mehmon uylari, plyajlar va boshqa dam olish maskanlari;
- sartaroshxona va go‘zallik salonlari;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga avtotransport vositalari, shu jumladan, yo‘nalishsiz taksilarning kirishi va chiqishi (viloyatlararo qatnov) (Toshkent shahridan Toshkent viloyatiga hamda Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga kirib-chiqish bundan mustasno).
Izoh qoldirish