Buxoro viloyatida 2022 yil yakunlari hamda 2023 yilga aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalar

Buxoro viloyatida 2022 yil yakunlari hamda 2023 yilga aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalar

2022 yil yanvar-dekabr oylarining mehnat resurslari balansiga ko‘ra Buxoro viloyatida o‘rtacha doimiy aholi 1 993 293 nafarni tashkil etib, shundan mehnat resurslari 1 073 354 nafar, iqtisodiy faol aholi 860 643 nafar, band bo‘lgan aholi 784 485 nafar (shundan, rasmiy sektorda bandlar 427 178 nafar, norasmiy sektorda bandlar 265 356 nafar va chetga ketganlar 91 951 nafar)ni tashkil etdi. Bundan kelib chiqib, ishga joylashtirishga muhtoj bo‘lgan ishsizlar 76 158 nafarni va ishsizlik darajasi 8,8%ni tashkil etdi.

Ishsizlik darajasi hududlar kesimida qaralganda, Qorako‘l tumanida bu ko‘rsatkich 9,2%, Kogon t. – 9,2%, Shofirkon t. – 9,2%, Romitan t. – 9,1%, Olot t. – 9,0%, Jondor t. – 9,0%, Peshko‘ t. – 8,9%, Kogon sh. – 8,9% va Vobkent t. – 8,9%ni tashkil etib, viloyat ko‘rsatkichidan yuqori hisoblanadi.

Viloyatda ko‘rilgan chora-tadbirlarga ko‘ra 2022 yilda 464 728 nafar aholi doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy ishga jalb qilindi.

Mazkur ko‘rsatkich tarmoq va sohalar kesimida o‘rganilganda, moliya-iqtisod, tadbirkorlik va kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida 117 217 nafar (shundan, servis va savdo sohasida 53 740 nafar, hunarmandchilikda – 7 335 nafar, boshqa tadbirkorlik yo‘nalishlarida 53 142 nafar), qurilish, transport va kommunal sohasida 8 492 nafar, investitsiyalar va tashqi savdo hamda mahalliy sanoatni rivojlantirish yo‘nalishida 14 787 nafar, Qishloq, suv va o‘rmon xo‘jaligi sohasida 297 956 nafar (shundan, pillachilik sohasida 19 546 nafar, aholi tomorqasini tartibga solish hisobiga – 35 146 nafar) hamda turizmni rivojlantirish va madaniyat sohasida 26 276 nafar ishsiz aholining bandligi ta’minlandi. Faqatgina, Qorovulbozor tumanida aholini bandligi rejasi 50,9% (qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida reja 47% va tadbirkorlik yo‘nalishida 40%) ijro etildi.

Viloyatda, ayniqsa, ishsizlik darajasi og‘ir bo‘lgan hududlarda aholini bandligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalarni davom ettirish maqsadida 2023 yil davomida tuman va shaharlarda yashovchi jami 250 000 nafar aholini doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy ishlarga jalb qilish rejalashtirilgan. Ish o‘rnining 101 056 tasi doimiy, 128 819 tasi mavsumiy va 20 125 tasi norasmiy faoliyatni rasmiylashtirish hisobiga yaratiladi.

Prognoz ko‘rsatkichlar tarmoqlar kesimida qo‘yidagicha bo‘ladi. Investitsiya dasturlari doirasida loyihalarni ishga tushirish hisobiga 15 500 ta, shundan, tarmoq dasturlari hisobiga – 2 780 ta va hududiy investitsiya dasturlari 12 720 ta ish o‘rni yaratiladi.

Shuningdek, qishloq, suv va o‘rmon xo‘jaligi yo‘nalishida jami 149 052 nafar, shundan, fermer xo‘jaliklari va agroklasterlarda 3 519 nafar, dehqon xo‘jaligi uchun yer ajratish hisobiga 60 372 nafar, takroriy ekin uchun yer ajratish hisobiga 32 588 nafar, tomorqa xizmatida 19 610 nafar, pillachilik sohasida 45 167 nafar va suv xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligida 1 215 nafar ishsiz aholi bandligi ta’minlanishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlik yo‘nalishida aholini doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy ishlarda 85 448 nafar (shundan 51 782 nafar doimiy, 13 541 nafar mavsumiy va 20 125 nafar norasmiy faoliyatni rasmiylashtirish hisobiga) fuqaroning bandligi ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Sohalar kesimida tahlil qilinganda, savdo va servis yo‘nalishida 2 039 nafar, mikroloyihalar va mikro markazlar hisobiga 855 nafar, kasanachilik, vaqtinchalik ishlarda band qilish va qurilish brigadalari tashkil qilish hisobiga 958 nafar, hunarmandchilik yo‘nalishida 278 nafar, qurilish yo‘nalishidagi xizmatlarda 592 nafar, turizm va madaniyat sohalari yo‘nalishidagi xizmatlarda 400 nafar, norasmiy faoliyatni rasmiylashtirish orqali 1 771 nafar va bo‘sh ish o‘ringa joylash hisobiga 708 nafar ishsizlarni bandligini ta’minlash nazarda tutilgan.

Joriy yilda ishsizlik darajasi yuqori bo‘lgan G‘ijduvon tumanida 29 515 nafar (shundan tadbirkorlik yo‘nalishida 1 380 nafar), Romitan tumanida – 23 841 nafar (971 nafar), Qorako‘l tumanida – 23 190 nafar (960 nafar), Jondor tumanida – 22 509 nafar (799 nafar), Vobkent tumanida – 22 441 nafar (1 043 nafar), Buxoro tumanida – 22 168 nafar (1 022 nafar), Peshko‘ tumanida –22 137 nafar (1 269 nafar), Shofirkon tumanida – 20 713 nafar (501 nafar), Buxoro shahrida – 20 341 nafar (4 018 nafar) va Olot tumanida 20 217 nafar (1 045 nafar) aholini doimiy va mavsumiy ishlarga bandligini ta’minlash rejalashtirilgan.

Murtazayev Ardasher
Tursunqulov G‘olibjon
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar