Ushbu davrda Buxoro viloyati YaHM hajmi 8,6 trln. so‘mni tashkil etgan xolda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 104% ga o‘sgan, shuningdek YaIM tarkibida viloyatning hissasi 4,0% ni tashkil etgan. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaHM hajmi esa 4 281,2 ming so‘mni tashkil qilgan o‘tgan mos davrga nisbatan 102,3% ga oshgan.
Hudud iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi YaHMning 94,8% ni tashkil etgan bo‘lsa, maxsulotlarga sof soliqlar esa 5,2% ni tashkil etgan.
YaHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibida sanoat ulushi 22,7% (2022 yilda 20,6%), qurilishning ulushi 9,0% (2022 yilda 10,1%), qishloq xo‘jaligi ulushi 26,8% (2022 yilda 25,9%) va xizmat ko‘rsatish ulushi 41,5% (2022 yilda 43,4%) ni tashkil qilgan.
Respublika makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarining shakllanishida viloyatning hissasi ahamiyatli hisoblanadi. YaIMda viloyatning hissasi 4% ni tashkil etib huddudlar ichida 8-o‘rin, respublika sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi hissasi 4%ni tashkil etib 8- o‘rin, asosiy kapitalga investitsiyalar kiritish 7,0%ni tashkil etib 5-o‘rinni egallagan.
Viloyat aholi jon boshiga asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblaganda respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan yuqori. Jumladan, aholi jon boshiga YaHM hajmi 4-o‘rin, xizmatlar sohasi 4-o‘rin, asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 5-o‘rin va chakana savdo bo‘yicha hududlar ichida 4-o‘rin ahamiyatlidir.
Izoh qoldirish