Byudjet tashkilotlari xodimlariga ayrim to‘lovlar hisoblanishi to‘xtatib turiladi

Byudjet tashkilotlari xodimlariga ayrim to‘lovlar hisoblanishi to‘xtatib turiladi

“2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining barqarorligini ta’minlash va xarajatlarini maqbullashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, byudjet tashkilotlarida ishlaydigan xodimlarga 2020 yilning 16 aprelidan 1 oktyabriga qadar moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi hamda direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lovlar hisoblanishi to‘xtatib turiladi (tibbiyot, tibbiy-ijtimoiy muassasalari, mehribonlik uylaridan hamda mehnatga haq to‘lashning 1-3 razrayadlari qo‘llaniladigan xodimlardan tashqari).

Shuningdek, byudjet tashkilotlarida:

  • asosiy vositalarni xarid qilish va kapital ta’mirlash bilan bog‘liq xarajatlar joriy yilning 1 iyuliga qadar to‘xtatiladi va ushbu maqsadlar uchun II chorakda rejalashtirilgan mablag‘lar qisqartiriladi yoki 2020 yilning ikkinchi yarim yilligiga o‘tkaziladi;
  • kommunal xizmatlar, oziq-ovqat, qog‘oz va boshqa kanselyariya tovarlari xarid qilish, tadbirlar o‘tkazish, joriy ta’mirlash va boshqa xarajatlar qisqartiriladi.

Qaror bilan respublika va mahalliy byudjetlardan maqbullashtiriladigan xarajatlar tasdiqlandi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar