O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun 2021 yil muvaffaqiyatli o‘tdi va amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadlaridan biri - makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi.
O‘tgan yilgi iqtisodiy o‘sish sur’ati 7,4% tashkil etdi, bu avval prognoz qilingan 5-6% dan yuqori va 2020 yilda koronavirus pandemiyasi tufayli 1,6 % past iqtisodiy o‘sish fonida juda ta’sirli.
Mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatni baholash uchun Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi mutaxassislari 2021 yil uchun viloyat va tuman darajasida tadbirkorlik faoliyati holatini baholashdi.
O‘zbekiston Respublikasi hududlarida ishbilarmonlik faoliyati tahlili Markazning tezkor ma’lumotlar asosida (respublikaning barcha sohalari bo‘yicha o‘tkazilgan monitoring, Davlat bojxona qo‘mitasi, DSQ, MB va O‘zRXTB) hisoblab chiqiladi.
Monitoring natijalari shuni ko‘rsatdiki, o‘tgan yil davomida respublikada soliq tushumlari hajmi 2020 yilga nisbatan 23,5% ga oshdi. Shu bilan birga Xorazm (37,5%), Navoiy (34,6%), Qashqadaryo (31,7%), Toshkent (30,5%), Samarqand (30,5%) viloyatlarida va Toshkent shahrida (31,6%) soliq tushumlarida sezilarli darajada o‘sish qayd etildi.
Soliq tushumlarining o‘sishiga tadbirkorlik faoliyati uchun teng sharoitlar yaratish, tartibga solish va soliq yukini izchil kamaytirish, tartib-tamoillarni avtomatlashtirish va soliq qonunchiligiga rioya qilish tartiblarini soddalashtirish hisobiga erishildi.
Tahlil qilinayotgan davr uchun bojxona to‘lovlari bo‘yicha tushumlar 34,4%ga oshdi. Daromadning eng yuqori o‘sishi Jizzax (3,6 marta), Sirdaryo (2,1 marta), Xorazm (1,9 marta), Samarqand (57,9%), Qashqadaryo (55%), Farg‘ona (54,5%) va Namangan viloyatlarida (48,7%) kuzatildi.
Bojxona to‘lovlari tushumi hajmining o‘sishi tashqi savdo aylanmasining oshganligini ko‘rsatadi. Import tarkibida mashina va uskunalar, sanoat mahsulotlari salmoqli ulushga ega. Ushbu tendensiya uzoq muddatda iqtisodiy o‘sishga yordam beradigan ishlab chiqarish ob’yektlarini yaratish va modernizatsiya qilishni ko‘rsatadi.
Davlat bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, tovarlar eksporti hajmi yil boshidan buyon o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 36,6 foizga oshdi. Tovarlar eksporti hajmining o‘sishi Samarqand (58,9%), Jizzax (51,1%), Andijon (50,6%) viloyatlarida, Toshkent shahrida (51,4%) ta’minlandi.
O‘zbekiston eksporti hajmining oshishi sanoat mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotlari, kimyoviy moddalar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksportning o‘sish sur’atlari bilan izohlanadi.
Tahlil etilayotgan davrda tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlar hajmi 27,7%ga oshdi. Berilgan kreditlar hajmining eng yuqori o‘sishi Toshkent (45,3%), Namangan (28,7%) viloyatlari va Toshkent shahrida (40,4%) kuzatildi.
Tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlar hajmining oshishi investitsiya muhiti va tadbirkorlik tuzilmalari faoliyatining bosqichma-bosqich takomillashib borayotganidan dalolat beradi. Bu o‘zgarishlar uzluksiz faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar sonining ko‘payishi ko‘payishini ham o‘z ichiga oladi.
Bu davrda 96 505 ta yangi tadbirkorlik sub’yekti tashkil etilib, ularning eng ko‘pi Samarqand (10 475), Qashqadaryo (8 958), Farg‘ona (8 799), Toshkent (7 704) viloyatlarida va Toshkent shahrida (16 140) ro‘yxatga olingan.
Tahlil qilinayotgan davrda O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasida tuzilgan bitimlar hajmi 62,2%ga oshdi. Birja faolligining sezilarli darajada o‘sishi Buxoro (94,0%), Toshkent (70,7%), Xorazm (66,2%), Sirdaryo (64,4%), Namangan (62,3%), Qashqadaryo (60,5%) viloyatlarida va Toshkent shahrida (2,3 barobar) kuzatilmoqda.
Bu hududlarda tuzilgan bitimlar hajmining o‘sishi shakar, yem-xashak, qora metallar, benzin, texnik paxta chigiti, polietilen, dizel yoqilg‘isi kabi tovarlar savdosini ko‘paytirish orqali ta’minlanmoqda.
2021 yilda iqtisodiyotning bosqichma-bosqich tiklanayotganini Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan har oyda o‘tkazilayotgan O‘zbekistondagi ishbilarmonlik muhitining holatini baholash bo‘yicha korxonalar so‘rovi natijalari orqali ko‘rish mumkin. Tadqiqot mamlakat bo‘ylab ishbilarmon doiralarning kayfiyatini aks ettiradi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Karamat Nurillayev
Izoh qoldirish