O‘zbekiston Respublikasi hududlarida ishbilarmonlik faoliyati tahlili har oyda Markazning tezkor ma’lumotlar asosida (respublikaning barcha sohalari bo‘yicha o‘tkazilgan monitoring, Davlat bojxona qo‘mitasi, DSQ, MB va O‘zRXTB) amalga oshiriladi.
Monitoring natijalari shuni ko‘rsatdiki, respublikaning soliq tushumlari hajmi joriy yilning 1 martidan 31 martigacha bo‘lgan davrda o‘tgan oyning shu davriga nisbatan 6,0 foizga o‘sdi. Shu bilan birga, soliq tushumlarining sezilarli darajada o‘sishi Sirdaryo (52,3%), Surxondaryo (33,0%), Qashqadaryo (23,6%), Namangan (23,5%), Jizzax (17, 4%), Toshkent (14,0%) viloyati, Toshkent shahri (10,8%) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (21,3%) kuzatildi.
Soliq tushumlarining o‘sishi iqtisodiy faollikning barqaror o‘sishidan dalolat beradi va ularning rivojlanish istiqbollari bo‘yicha biznesning qulay kutishlarini ko‘rsatadi.
Tahlil qilinayotgan davrda bojxona to‘lovlaridan tushumlar 7,6 foizga o‘sdi. Tushumlar hajmining eng katta o‘sishi Xorazm (2 baravar), Sirdaryo (49,9%), Andijon (49,7%), Surxondaryo (39,8%), Navoiy (30,9%), Buxoro (20,9%) viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (21,7% ga) qayd etildi.
Bojxona to‘lovlarining o‘sishi ishlab chiqarish quvvatlarining bosqichma-bosqich o‘sib borishi va ichki bozorda talabning rivojlanishi hisobiga mamlakatda tashqi savdo operatsiyalari va ishlab chiqarish jarayonlarining kengayganligini ko‘rsatadi.
Davlat bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, tovarlarni eksport qilish hajmi 41,2 foizga o‘sdi. Mahsulotlar eksporti hajmining o‘sishi Buxoro (90,9%), Qashqadaryo (89,1%), Farg‘ona (64,6%), Samarqand (55,1%), Surxondaryo (45,7%), Andijon (42,5%), Toshkent (29,0%), Sirdaryo (26,9%), Xorazm (21,8%) viloyatlari, Toshkent shahri (54,3%) va Qoraqalpog‘iston Respublikasiga (39,4%) to‘g‘ri keldi.
O‘zbekiston eksporti stavkasining o‘sishi eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish o‘sishi va mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligi oshishini asoslaydi, bu an’anaviy o‘zbek tovarlariga tashqi talabini rag‘batlantiradi.
O‘tgan oy davomida tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlar hajmi 22,1 foizga o‘sdi. Berilgan kreditlar hajmining eng katta o‘sishi Surxondaryo (2,1 barobar), Buxoro (2 barobar), Samarqand (2 barobar), Andijon (95,3%), Xorazm (51,0%), Jizzax (36,8%), Namangan (34,0%) viloyatlari va Toshkent (23,4%) shahrida kuzatilmoqda.
O‘zbekistonda kredit berish hajmining o‘sishi respublika va hududlarda biznes tuzilmalari faolligining oshganligini izohlaydi.
Ushbu davrda 8794 ta yangi tadbirkorlik sub’yektlari tashkil etildi, ularning eng ko‘p soni Samarqand (835), Toshkent (802), Qashqadaryo (746) viloyatlari va Toshkent shahrida (1482) ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Tahlil qilinayotgan davrda O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasidagi bitimlar hajmi 10,5 foizga oshdi.
Birja faolligining sezilarli o‘sishi Xorazm (80,6 foizga), Jizzax (39,6 foizga), Farg‘ona (33,5 foizga), Andijon (31,8 foizga) va Namangan (26,6 foizga) viloyatlarida kuzatilmoqda.
Ushbu hududlarda bitimlar hajmining o‘sishi benzin, paxta urug‘lari, paxta tolasi, shakar, rangli metallar, dizel yoqilg‘isi, sement, qurilish va uy-ro‘zg‘or buyumlari, qora metallar, poliyetilen, polipropilen, o‘simlik moyi va mineral o‘g‘itlar sotish hajmining o‘sishi bilan ta’minlandi. Bu yuridik shaxslar faoliyatining o‘sishi va natijada aholi daromadlarining bosqichma-bosqich o‘sib borishini ko‘rsatadi, bu esa o‘z navbatida iqtisodiy jarayonlar va biznes tuzilmalari faolligini rag‘batlantiradi.
Bitimlar hajmining o‘sishi ham talab omillari, ham taklifning barqarorlashuvi hisobiga iqtisodiyotni bosqichma-bosqich tiklanishini oqlaydi, bu esa tadbirkorlik sub’yektlari o‘rtasidagi o‘zaro savdo aloqalarining o‘sishida qayd etiladi.
2021 yilda bosqichma-bosqich iqtisodiy tiklanishni har oy Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan o‘tkaziladigan O‘zbekistondagi ishbilarmonlik muhitining holatini baholash bo‘yicha korxonalar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalari ham tasdiqlaydi. Tadqiqot iqtisodiyotdagi mavjud vaziyatni idrok etish bo‘yicha konsolidatsiyalangan baho berishga, biznesni rivojlantirish vektorini ko‘rsatishga, o‘zbekistonlik tadbirkorlarning kayfiyati va e’tiborini baholashga qaratilgan.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Izoh qoldirish