Davlat byudjeti daromadlari 2020 yilda 12.6 mlrd dollarni tashkil etdi

Davlat byudjeti daromadlari 2020 yilda 12.6 mlrd dollarni tashkil etdi

Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlar qismining 2020 yil ijrosi bo‘yicha dastlabki natijalarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, davlat byudjeti daromadlari 2020 yilda 132,9 trln. so‘mni (YaIMga nisbatan 22,5 %) tashkil etgan bo‘lib, 2018 yilga nisbatan 68 %ga, 2019 yilga nisbatan esa 18,5 %ga oshgan. Shuningdek, 2018 yilda byudjet daromadlari 79,1 trln. so‘mni (YaIMga nisbatan 19,4 %), 2019 yilda esa 112,2 trln. so‘mni (YaIMga nisbatan 21,9 %) tashkil etgan.

Ta’kidlanishicha, byudjetdan tashqari jamg‘armalar bilan birgalikda Konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlari 2020 yilda 154 trln. so‘mni (YaIMga nisbatan 26 %) tashkil etgan. Konsolidatsiyalashgan byudjet 2018 yilga nisbatan 1,4 barobardan ko‘proq, 2019 yilga nisbatan 1,1 barobardan ko‘proq oshgan. Konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlari 2018 yilda 107 trln. so‘mni (YaIMga nisbatan 26,3 %), 2019 yilda esa 137,1 trln. so‘mni (YaIMga nisbatan 26,7 %) tashkil etgan.

So‘nggi yillarda Davlat byudjeti daromadlarining YaIMga nisbatan o‘sishi Konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlarining o‘sishini saqlab qolmoqda. Bu birinchi navbatda o‘tkazilgan soliq islohotlari, xususan majburiy ajratmalarning (3,2%) va fuqarolar sug‘urta badallarining (ish haqi fondidan 8%) bekor qilinishi bilan bog‘liq.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar