Davlat soliq qo‘mitasi: O‘zbekiston xufiyona iqtisodiyoti 245 trln so‘mni tashkil etdi

Davlat soliq qo‘mitasi: O‘zbekiston xufiyona iqtisodiyoti 245 trln so‘mni tashkil etdi

O‘zbekiston xufiyona iqtisodiyoti 245 trln so‘mni yoki YaIMdan umumiy ulushi taxminan 48 foizni tashkil etadi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi ma’lum qildi.

Xufiyona iqtisodiyotga sabab bo‘layotgan omillardan biri – xarid chekini talab qilmaslik. Bu, o‘z navbatida, tadbirkorlik sub’yektlari orasida nosog‘lom raqobat muhitining shakllanishiga olib keladi.

«Agar har bir iste’molchi tomonidan chek talab qilinsa, xufiyona iqtisodiyot ulushi qisqarishi barobarida, soliqlardan bo‘yin tovlash holatlari kamayib, byudjet tushumlari oshib boradi. Natijada mamlakat iqtisodiyoti rivojlanadi», deyiladi qo‘mita xabarida.

Davlat soliq qo‘mitasi sotib olish joylarida chek berish talabi rad etilgan taqdirda, iste’molchi quyidagilarga ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega ekanliklarini eslatib o‘tmoqda:

(71) 244−98−98 yoki 1198 raqamli «ishonch telefoni»ga;

Soliq mobil ilovasidagi Soliq hamkor bo‘limi orqali;

DSQning Telegram-boti orqali;

Elektron soliq xizmatlari portali (my.soliq.uz) orqali.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar