Eksportyorning 2021 yil 1 maygacha bo‘lgan debitor qarzdorligi uchun jarimalar bekor qilindi

Eksportyorning 2021 yil 1 maygacha bo‘lgan debitor qarzdorligi uchun jarimalar bekor qilindi

2021 yil 1 may holatiga shakllangan tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga jarimalar qo‘llash to‘xtatiladi. Bu haqda DSQ matbuot xizmati xabar qilgan.

Debitor qarzdorlik vujudga kelish muddatlari 2021 yil 1 maydan boshlab yangidan hisoblanadi.

Chet eldan xorijiy valyutadagi tushum tushishi kechiktirilishiga yo‘l qo‘ygan eksportyorlarga “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimida tovarlarni olib kirish va rasmiylashtirish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatishni o‘z vaqtida ta’minlamagan importyorlarga qonunchilikda belgilangan jarima miqdorlari ikki baravarga kamaytiriladi. (PQ-5087 21.04.2021 yil)

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar