Soliq qo‘mitasi qariyb 97 foiz korxonada 81,9 mln dollarlik «soxta» operatsiyalarni aniqladi

Soliq qo‘mitasi qariyb 97 foiz korxonada 81,9 mln dollarlik «soxta» operatsiyalarni aniqladi

DSQ matbuot xizmatining xabar qilishicha, 822,9 mlrd. so‘mlik «soxta» operatsiyalarni amalga oshirish faktlari tasdiqlangan.

Joriy yilning 3 mart holatiga respublikamiz bo‘yicha jami 7978 ta korxonada 912,1 mlrd. so‘mlik asossiz hisob (zachet)ga olingan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) summalariga aniqlik kiritish bo‘yicha kameral soliq tekshiruvlari yakunlangan.

Tekshiruv natijalariga ko‘ra:

– 7725 ta, ya’ni 96,8 foiz korxonada (822,9 mlrd. so‘m) «soxta» operatsiyalarni amalga oshirish faktlari tasdiqlandi;
shundan, 94 ta (13,1 mlrd. so‘m) tashkilotda QQS summasini noqonuniy hisob (zachet)ga olish fakti qisman tasdiqlandi;

– 253 ta, ya’ni nazorat tadbirlari o‘tkazilgan 3,2 foiz soliq to‘lovchilar tomonidan 35,2 mlrd. so‘mlik QQS summasini to‘g‘ri hisob (zachet)ga olganligi holatlari bo‘yicha asoslovchi hujjatlar taqdim etildi. Shu sababli ulardan ortiqcha olingan mablag‘larni qaytarish bo‘yicha tezkor jarayonlar boshlandi.

Shuningdek, kameral soliq tekshiruvlari jarayonida 156 ta korxona tomonidan QQS summasini to‘g‘ri hisob (zachet)ga olish bilan bog‘liq yo‘l qo‘yilgan boshqa huquqbuzarliklar xam aniqlanib, ularga nisbatan 5,8 mlrd. so‘mlik soliqlar qo‘shimcha hisoblandi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar