Davlat ta’minotida bo‘lgan bolalarga ta’lim muassasasini bitirayotganda BHMning 100 baravari miqdorida bitiruv nafaqasi beriladi

Davlat ta’minotida bo‘lgan bolalarga ta’lim muassasasini bitirayotganda BHMning 100 baravari miqdorida bitiruv nafaqasi beriladi

Qarorga ko‘ra, yetim bolalar va ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar ta’lim muassasalari (davlat tarbiya, davolash-sog‘lomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalari, akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumlar)da, shuningdek OTMda ta’lim-tarbiya oladigan muddatda to‘liq davlat ta’minotida bo‘ladi.

Ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning shaxsiy xarajatlari uchun har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida (446 ming so‘m) pul mablag‘lari to‘lanadi.

To‘liq davlat ta’minoti pul nafaqalari hamda oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan ta’minlash, shuningdek, transportda yurish kartochkalaridan iborat bo‘ladi.

Davlat ta’minotida bo‘lgan bolalarga ta’lim muassasasini bitirayotganda, ishga qabul qilinayotganda kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar sotib olish uchun BHMning 100 baravari (22 mln 300 ming so‘m), yo‘l xarajatlari uchun BHMning 5 baravari (1 mln 115 ming so‘m) miqdorida bitiruv nafaqasi beriladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar