“Eksport faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, eksport bilan bog‘liq savdo va eksportoldi operatsiyalarini moliyalashtirish uchun “Tiklanish va taraqqiyot” jamg‘armasidan “ Eksportni qo‘llab-quvvatlash ” jamg‘armasiga 100 mln dollar ajratiladi.
Bu mablag‘lar 5 yilga 1 foiz stavkada berilishi nazarda tutilgan.
Shuningdek, “Eksportni qo‘llab-quvvatlash” jamg‘armasi hisobidan ajratiladigan mablag‘lar o‘z vaqtida va to‘liq qaytarilishi lozimligi belgilandi.
2021 yil yakuniga qadar xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, xorijiy banklar va moliya kompaniyalaridan “Eksportni qo‘llab-quvvatlash” jamg‘armasi va mahalliy tijorat banklariga eksportoldi moliyalashtirish uchun 200 mln dollar miqdoridagi mablag‘lar jalb etiladi.
Izoh qoldirish