25 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik masalasini o‘rganishni tashkil etish bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Ishchi guruhning asosiy maqsadi YeOIIga a’zolikning ijobiy va salbiy jihatlarini chuqur tahlil qilish, boshqa xalqaro tashkilotlar va davlatlar bilan aloqalarga ta’sirini o‘rganib chiqishdan iborat bo‘lib, ishchi guruhga rahbar sifatida Akmal Saidov belgilangan.
Yig‘ilishda tashkilotga a’zo mamlakatlar bozorlarida to‘liq ishtirok etishning huquqiy asoslarini o‘rganish, milliy texnik tartibga solish me’yorlarini tashkilot talablariga moslashtirish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish zarurligi ta’kidlangan. Shuningdek,tashkilot bilan hamkorlikni tashkil etish bo‘yicha 2021 yilga mo‘ljallangan «Yo‘l xaritasi» tasdiqlangan.
Ma’lumot uchun, 2020 yil 11 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ning videoanjuman shaklidagi sammitida O‘zbekiston va Kubaga tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat maqomini berish to‘g‘risida qaror qabul qilingandi.
Izoh qoldirish