Faoliyatning bosh mezoni – amaliy natijalar

Faoliyatning bosh mezoni – amaliy natijalar

Bugungi kunda ishchi guruh vakillari Qoraqalpog‘iston, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida o‘z faoliyatini olib bormoqda.

Aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida hal etish maqsadida uch kun davomida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

- Qoraqalpog‘iston:

Jami 7,3 km ichki yo‘llar shag‘allashtirildi. Aholiga qo‘shimcha 142,6 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 197 dona temir-beton ustunlar o‘rnatildi hamda 2,5 km tarmoq tortildi. Ichimlik suvini yaxshilash borasida yangidan 1 km ichimlik suvi tarmog‘i tortildi. Kommunal xo‘jaligi sohasini yaxshilash borasida 5 ta ko‘p qavatli uylarning tom qismini joriy ta’mirlash, kirish yulaklarini ta’mirlash, yerto‘la qismidagi muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalarini ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. ishlari olib borilmoqda. 34 ta ko‘p qavatli uylarning muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalarini ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Tijorat banklari tomonidan 1 386 nafar fuqaro va tadbirkorlik sub’yektlariga kreditlar ajratilishi ta’minlandi. “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘arma”si mablag‘lari hisobidan subsidiya asosida jami 24,0 mln. so‘mlik tikuv mashinasi, overlok dazmol va payvandlash va o‘lchov uskunasi, kesish apparati yetkazib berildi.

- Farg‘ona viloyati:

Ichki yo‘llarning jami 91,4 km qismi ta’mirlandi. Shundan, 47,8 km yo‘lga shag‘al yotqizildi, 43,6 km yo‘l asfalt qilindi. Aholiga qo‘shimcha 792,0 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 116 ta temir beton tayanchlar o‘rnatildi, 3,9 km tarmoq tortildi, 5 ta transformator ta’mirlandi. Ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida yangidan 11,8 km tarmoq tortildi, 11 ta suv nasosi o‘rnatildi. 42 ta ko‘p qavatli uyda ta’mirlash ishlari olib borildi.

Tijorat banklari tomonidan 2 698 nafar fuqaro va tadbirkorlik sub’yektlariga kreditlar ajratilishi ta’minlandi. Jami 534 nafar fuqaroning bandligiga ko‘maklashildi.

Tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish maqsadida faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz, shu jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 185 nafar fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak bo‘lgan 1,2 mlrd. so‘mlik asbob-uskuna va mehnat qurollari subsidiya asosida olib berildi.

- Namangan viloyati:

Ichki yo‘llarning jami 9,2 km qismi ta’mirlandi. Ichimlik suvi tizimidagi eskirgan suv tarmoqlari yangilandi, 3 dona suv tik quduqlari qayta tozalandi, 6 dona suv nasoslari yangilandi va 6 dona nasos agregatlari ta’mirlanib qayta o‘rnatildi. Aholiga qo‘shimcha 473,8 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi.

Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 37 ta transformator punktlari mukammal ta’mirlandi, yangi elektr uzatish tarmoqlari tortildi, 48 dona eski simyog‘ochlar yangilandi, 3,4 km mavjud elektr uzatish tarmoqlari almashtirildi.

Oilaviy poliklinikalarda 5 231 nafar bemorlarga bepul dori-darmon tarqatildi. 77 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi, 3 nafar fuqaroga elektron pultli aravacha, 127 nafar fuqaroga 179,5 mln. so‘mlik reablitatsiya qilishning texnik vositalari berildi.

Ishlar davom etmoqda.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar