Farg‘ona NQIZ “Yevro-4” standartidagi dizel yoqilg‘isining ilk partiyasini birja savdosiga qo‘ydi

Farg‘ona NQIZ “Yevro-4” standartidagi dizel yoqilg‘isining ilk partiyasini birja savdosiga qo‘ydi

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida (FNQIZ) ishlab chiqarilayotgan “Evro-2” dizel yoqilg‘isining sifatini dunyo standartlariga moslashtirish maqsadida modernizatsiya qilish dasturi boshlandi, deb xabar bermoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, Farg‘ona NQIZni modernizatsiya qilish dasturining birinchi bosqichi doirasida dizel yoqilg‘isini gidrotozalash qurilmasi (GDS) katalizatori Fransiyaning Axens kompaniyasining yangi va ancha zamonaviy katalizatoriga almashtirildi.

Xabarda aytilishicha, FNQIZ mutaxassislarining ko‘p yillik tajribasi tufayli yangi katalizator GDS qurilmasi reaktoriga Axens kompaniyasi mutaxassislari ishtirokisiz mustaqil ravishda o‘rnatilgan. Keyinchalik tegishli ishga tushirish-sozlash ishlari amalga oshirilgach, sanoat miqyosida ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

Shuningdek, ekologik toza va sifatli “Evro-4” standartidagi dizel yoqilg‘isi uchun muvofiqlik sertifikati qo‘lga kiritildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2021 yilning 29 mart kuni dizel yoqilg‘isining ilk partiyasi O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi orqali savdoga qo‘yilgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar