Farg‘ona viloyat bo‘yicha 2023 yilning yanvar-iyun oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 10 640,4 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022 yilning mos davriga nisbatan 106,6%ga oshgan. Viloyat chakana savdo tovar aylanmasining respublikadagi ulushi 8,0% tashkil etdi.
Chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi 2022 yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 108,0%ga o‘sdi va 909,0 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Bu esa umumiy savdo hajmining 8,5% ulushiga to‘g‘ri keldi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi statistik hisob-kitoblarga ko‘ra 9 731,4 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022 yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 6,5%ga ko‘paydi. Viloyat miqyosida ushbu sektorning jami chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi 91,5%ni tashkil etdi.
Viloyat chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori ulushni 2 049,9 mlrd. so‘m (19,3%) bilan Qo‘qon shahri, eng quyi ulushni 122,9 mlrd. so‘m (1,2%) bilan So‘x tumani yegalladi.
2023-yilning yanvar-iyun oylari holatiga ko‘ra o‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 2 663,1 ming so‘mni (2022 yilning mos davriga nisbatan 4,4 %ga oshdi) tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkichni hududlar kesimida solishtirilganda eng yuqorisi Qo‘qon (6 721,0 ming so‘m) , Marg‘ilon (6 027,7 ming so‘m) va Farg‘ona (5 421,4 ming so‘m) shaharlari hissasiga to‘g‘ri keldi. O‘zbekiston (112,5%), Dang‘ara (109,5%) va Farg‘ona tumanlarida (106,5%) aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi ko‘rsatkichlarida yuqori o‘sish sur’atlari kuzatildi. Hududning Qo‘qon shahridan (92,8%) boshqa barcha hududlarda aholi jon boshiga chakana savdo aylanmasi ko‘rsatkichlarida o‘sish kuzatilgan.
Izoh qoldirish