Farhod Ochilov: Eng ko‘p jinoyatlar ta’lim, sog‘liqni saqlash, yoqilg‘i energetika, madaniyat tizimi yo‘nalishlarda qayd etildi

Farhod Ochilov: Eng ko‘p jinoyatlar ta’lim, sog‘liqni saqlash, yoqilg‘i energetika, madaniyat tizimi yo‘nalishlarda qayd etildi

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bo‘lim boshlig‘i Farhod Ochilov Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish depertament organlari tomonidan joriy yilning 10 oyida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida aniqlangan talon-torojliklar, jinoyatlar, davlat byudjetiga yetkazilgan zararlar haqida AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lumot berdi.

“Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish depertament organlari tomonidan joriy yilning 10 oyida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida davlat boshqaruvi organlari, ta’lim, sog‘liqni saqlash, bank, moliya, yoqilg‘i energetikasi, qurilish sohalarida jami 436 holatda 260 milliard so‘mdan ortiq byudjet mablag‘lari talon-toroj etilgani fosh qilindi.

Xususan, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish hamda soxtakorlikka yo‘l qo‘yish bilan bog‘liq 89ta jinoyatga chek qo‘yilgan. Bu jinoyatlarning eng ko‘pi — davlat boshqaruvi organlari hissasiga to‘g‘ri keladi”, deydi Farhod Ochilov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Davlat xaridlarini sun’iy ravishda qimmat narxda sotib olish bilan bog‘liq 27ta jinoyat aniqlangan. Ta’lim, sog‘liqni saqlash, yoqilg‘i energetika, madaniyat tizimi va boshqa yo‘nalishlarda ana shunday jinoyatlar ko‘proq qayd etilgan.

Shu bilan birga, qurilish sohasidagi 187ta jinoyat tufayli davlat byudjetiga 60 milliard so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlangan. Ijtimoiy soha ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilishda byudjet mablag‘larini talon-toroj qilish bilan bog‘liq 27ta jinoyat fosh etilgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar