Fevral oyidan “Sharq” hamda “Nasaf” yo‘lovchi poyezdlarining harakat jadvali o‘zgardi

Fevral oyidan “Sharq” hamda “Nasaf” yo‘lovchi poyezdlarining harakat jadvali o‘zgardi

2021 yil 2-3 fevral kunlaridan boshlab, Toshkent-Buxoro-Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan 10/9 sonli “Sharq” hamda Toshkent-Qarshi-Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan 4/3 sonli “Nasaf” yo‘lovchi poyezdlarining harakat jadvaliga o‘zgarish kiritiladi.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2 fevral kunidan boshlab 10-sonli “Sharq” poyezdi Toshkent markaziy vokzalidan soat 18:50da; 4-sonli “Nasaf” poyezdi esa shu kuni soat 16:51da jo‘naydi.

3 fevral kunidan boshlab, 9-sonli “Sharq” poyezdi Buxoro temir yo‘l vokzalidan soat 07:20da, 3-sonli “Nasaf” poyezdi Qarshi temir yo‘l vokzalidan soat 06:10da jo‘naydi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar