FVV: O‘zbekistonning tog‘li hududlariga sel kelishi mumkin
Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan ehtiyot choralarini ko‘rishni so‘ramoqda.
26−27 avgust kunlari respublikaning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi mavjud. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
«Ehtiyot choralarini ko‘rishingizni, noxush holatlar yuzaga kelganda, FVVning „1050“ raqam"iga murojaat qilishingizni so‘raymiz», deyiladi FVV xabarida.
Ma’lumot uchun, avvalroq O‘zgidromet 26 avgust kuni mamlakat hududining katta qismida momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘ishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.
Izoh qoldirish