O‘zgidromet 9 ta hududda sel kelishi xavfini e’lon qildi
O‘zgidromet aholini sel kelish xavfidan ogohlantirmoqda va ehtiyot choralarini ko‘rishni so‘ramoqda. Joriy hafta payshanba kunidan kelasi hafta dushanba kuniga qadar O‘zbekistonning qator viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi va sel kelishi kutilyapti. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqot qiladiganlar, dam olish uchun tog‘li hududlarga borganlar, tabiatning ushbu hodisasini inobatga olgan holda, ehtiyot choralarini ko‘rishlari tavsiya etiladi.
23−27 iyun kunlari O‘zbekistonning ayrim joylarida kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlariga sel kelishi mumkin. O‘zgidromet tabiiy ofat xavfi yuqori bo‘lgan hududlar ro‘yxatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra:
- Qashqadaryo viloyati:Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati:Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobod tumanlarida;
- Samarqand viloyati:Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Poyariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
- Navoiy viloyati:Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
- Jizzax viloyati:Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
- Toshkent viloyati:Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
- Namangan viloyati:Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
- Farg‘ona viloyati:So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
- Andijon viloyati:Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar va dam oluvchilar hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralmoqda.
Izoh qoldirish