2021 yil 14 yanvar kuni kechqurun ijtimoiy tarmoqlarda qo‘shni Tojikiston hududida joylashgan Qayroqqum suv ombori buzilib ketganligi haqida ma’lumot tarqaldi.
“Ushbu ma’lumot yolg‘on va hech qanday asosga ega emas. Tojikistondagi favqulodda vaziyatlarga mas’ul idoradan olingan aniq ma’lumotlarga ko‘ra, Qayroqqum suv ombori buzilmagan va normal holatda ishlamoqda”, deyiladi FVV bergan xabarda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholini mish-mishlarga ishonmaslikka chaqirdi.
Shunga qaramay yaqinda toshqindan jiddiy zarar ko‘rgan Sardoba, Mirzaobod, Oqoltin aholisi orasida tezda turli xil vahima tarqaldi. Ayrim aholi o‘z yashash hududini tark etishga oshiqqani holatlar ham kuzatildi.
Bundan xabar topgan viloyat hokimi ushbu tumanlarga yetib bordi.
G‘ofurjon Mirzayev bu kabi xabar tarqalishiga xech qanday asoslar mavjud emasligini bildirgan. Aholini yolg‘on mish-mishlarga ishonmaslikka va sarosimaga tushmaslikka chaqirgan.
Izoh qoldirish