Davlat statistika qo‘mitasi 2022 yil uchun hisoblangan minimal iste’mol xarajatlari miqdorini e’lon qildi.
2021 yil 31 may oyida O‘zbekistonda dastlabki hisoblangan minimal iste’mol xarajatlari e’lon qilindi.
MIXni hisoblash tartibi hukumatning 2021 yil 27 avgustdagi tegishli qarori bilan belgilandi.
Qo‘mitaning qayd etishicha, yangi hisoblangan minimal iste’mol xarajatlari miqdori respublikaning barcha hududlarida 10,6 ming uy xo‘jaliklari o‘rtasida o‘tkazilgan kuzatuv natijalariga asoslangan.
Mazkur hisob-kitoblarga muvofiq, eng kam daromadga ega bo‘lgan uy xo‘jaliklarida kunlik iste’mol qilinadigan oziq-ovqat va zarur nooziq-ovqat tovarlar hamda xizmatlar uchun minimal iste’mol xarajatlari bir oyda kishi boshiga 498 ming so‘mni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, 31 may kuni AOKAda "O‘zbekistonda minimal iste’mol xarajatlari qiymatining dastlabki hisob-kitoblari to‘g‘risida" matbuot anjumani o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekistonda minimal iste’mol xarajatlari qiymatining dastlabki hisob-kitoblari e’lon qilindi. So‘rovnoma natijasida jon boshiga kunlik iste’mol qilinadigan oziq-ovqat (2200 kkal) va zarur bo‘lgan nooziq-ovqat tovarlar hamda xizmatlar uchun minimal iste’mol xarajatlar bir oyda kishi boshiga (joriy yildagi narxlar o‘zgarishini inobatga olgan holda) kamida 440 ming so‘mni tashkil etishi hisob-kitob qilindi. So‘rovda 5,4 ming xonadon ishtirok etdi.
- pensiyalar va nafaqalarning eng kam miqdorini belgilash, shuningdek, kam ta’minlangan oilalarga ko‘rsatiladigan moddiy yordam miqdorini belgilash;
- davlat tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordamga muhtoj aholining maqsadli guruhini aniqlash;
- mamlakatda kambag‘allik chegarasini belgilash;
- kambag‘allikka qarshi kurashish strategiyasi va dasturlarida belgilangan vazifa va chora-tadbirlarning natijadorligi hamda manzilliligini oshirish, shuningdek, ularning doimiy monitoringini yuritish.
Avvalroq, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekiston va boshqa mamlakatlardagi minimal iste’mol xarajatlarini taqqoslovchi tahlilni o‘tkazdi. O‘zbekistonda MIX darajasi (440 ming so‘m) aholi jon boshiga YaIM darajasining 27% ni tashkil etadi. Taqqoslash uchun, Qozog‘istonda bu ko‘rsatkich 11%, Turkiyada 17%, Rossiyada 19% ni tashkil etadi.
Shuningdek, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi infografikasida O‘zbekistonda minimal iste’mol xarajatlari bahosining dastlabki hisob-kitoblari metodikasi va tuzilishi keltirilgan.
Izoh qoldirish