2022 yilning yanvar-dekabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 11 351,9 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 110,7% ga oshdi. Shu jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 1 562,6 mlrd. so‘mni, umumiy hajmdagi ulushi 13,8%ni (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 108,8%ga o‘sdi), kichik tadbirkorlik sub’yektlarining tovar aylanmasi 9 789,3 mlrd. so‘mni, umumiy hajmdagi ulushi 70,1%ni (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 111%ga o‘sgan), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 1 830,9 mlrd. so‘mni, umumiy hajmdagi ulushi 16,1%ni (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 113,3%ga oshgan) tashkil etdi.
Ulgurji savdo tovar aylanmasi 2 801,6 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,2%ga o‘sdi. Shu jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 479,4 mlrd. so‘mni, umumiy hajmdagi ulushi 17,1%ni (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15,3%ga kamaygan), kichik tadbirkorlik sub’yektlarining tovar aylanmasi 2 322,2 mlrd. so‘mni, umumiy hajmdagi ulushi 82,9%ni (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 101,4%ga o‘sdi) tashkil etdi.
Chakana savdo tovar aylanmasi hajmining 2017-2019 yillarda o‘sish sur’ati kuzatilgan bo‘lsa, 2020 yilda pasayish sodir bo‘lgan. 2020 yildan boshlab 2022 yil yakuniga qadar o‘sish kuzatilgan. Yuqoridagi grafikda umumiy tendensiyadagi o‘sishni ko‘rish mumkin.
Aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 2017-2022 yillar oralig‘ida 2 622,2 ming so‘mdan 7 777,9 ming so‘mgacha o‘sishi kuzatilib, deyarli 3 baravarni tashkil etdi.
Shahar va tumanlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkichlar Jizzax shahrida 13 041 ming so‘m, Baxmal tumanida 17 366,3 ming so‘m hamda Zomin tumanida 7 749,3 ming so‘m, eng past ko‘rsatkichlar Zafarobod tumanida 3 307,8 ming so‘m va Yangiobod tumanida 3 455,4 ming so‘mni tashkil etdi.
Izoh qoldirish