2021 yil yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi savdo hajmi 490,0 mln. dollarni tashkil etdi. Shundan 29,0 mln. dollar yoki 5,9% eksport, 461,0 mln. dollar yoki 94,1% importga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekiston jahonning 182 ta mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Hindiston bilan umumiy tashqi savdodagi ulushi 1,2%ni, eksportda 0,17%ni, importda 1,8%ni tashkil etadi.
2021 yil yanvar-dekabr oylarida mashina va transport asbob-uskunalari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 298,4 mln.dollarga oshdi.
Ushbu tovarlarni O‘zbekiston Respublikasiga yetkazib berishning asosiy qismi Xitoy Xalq Respublikasi — 2 725,2 mln.dollar (33,0%), Koreya Respublikasi — 1 246,3 mln.dollar (15,1%) kabi davlatlarga to‘g‘ri keldi.
O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi o‘zaro savdo ulushi:
- Oziq-ovqat mahsulotlari 5%ni tashkil etdi. Shundan 16,0 mln.doll. import, 6,6 mln.doll. eksport;
- Kimyoviy mahsulotlar va buyumlar 71%ni tashkil etdi. Shundan 346,0 mln.doll. import, 0,7 mln.doll. eksport;
- Energiya va neft mahsulotlari 0,0%ni tashkil etdi. Shundan 0,1 mln.doll. import, 0,0 mln.doll. eksport;
- Metallar va metall buyumlar 1,4%ni tashkil etdi. Shundan 5,3 mln.doll. import, 1,3 mln.doll. eksport;
- Mashina va uskunalar 16%ni tashkil etdi. Shundan 73,9 mln.doll. import, 5,6 mln.doll. eksport;
- Xizmatlar 2,5%ni tashkil etdi. Shundan 2,4 mln.doll. import, 10,1 mln.doll. eksport;
- Boshqa tovarlar 4%ni tashkil etdi. Shundan 17,2 mln.doll. import, 4,7 mln.doll. eksport;
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi
Izoh qoldirish