2021 yilning yanvar oyi yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 2020 yilning shu davriga nisbatan 657,6 mln. AQSh dollariga (22,2 % ga) kamaydi va 2,3 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi, deb xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi.
TSAda eksport hajmi 694,8 mln. AQSh dollariga (2020 yil yanvarga kelib 46,0 % ga kamaydi) va import hajmi 1,6 mlrd. AQSh dollariga (3,9 % ga kamaydi) yetdi. Hisobot davrida - 913,3 mln. AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi.
Respublika tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng yuqori ulushni Toshkent shahri 45,4 % ulush bilan 1,04 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi. Respublika tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng quyi ulushni Qashqadaryo viloyati 1,1 % ulush bilan 26,0 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasining uchdan bir qismi MDH davlatlariga to‘g‘ri keladi va bu ko‘rsatkich so‘nggi yillarda biroz o‘zgardi. Respublikamizda tashqi savdoni qo‘llab-quvvatlash hamda MDH davlatlari bilan ushbu sohadagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, 2021 yilning yanvar oyida, tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 39,3 % ni tashkil etib, tashqi savdo aylanmasidagi 2020 yilga nisbatan ulushi 10,0 % ga ko‘paygan.
Boshqa xorijiy davlatlarning TSAsi 2020 yilning yanvar oylarida 2020 yilga nisbatan 10,0 % ga kamaydi va jami TSAdagi ulushi 60,7 % ni tashkil etdi.
Izoh qoldirish