Staj yetarli bo‘lmaganda ham pensiya tayinlanishi mumkin. Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalar bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi.
Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalar:
- yoshga doir pensiyalar uchun - yoshga doir eng kam pensiyaning 50 foizidan;
- I guruh nogironlariga nogironlik pensiyalari uchun - yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan;
- II guruh nogironlariga nogironlik pensiyalari uchun - yoshga doir eng kam pensiyaning 75 foizidan;
- oilaning mehnatga layoqatsiz har bir a’zosiga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi uchun - yoshga doir eng kam pensiyaning 50 foizidan;
- ham otasi, ham onasidan judo bo‘lgan (chin yetim) har bir bolaga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi uchun - yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan kam bo‘lmasligi lozim.
Eslatib o‘tamiz, yoshga doir pensiyani olish uchun fuqaroning ish staji inobatga olinadi. Masalan: agar 30 yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan ishlayotgan ayol ish stajining 8 yili mobaynida jami 3 bolani parvarishlash ta’tillarida bo‘lgan bo‘lsa, u holda pensiya tayinlash uchun ish stajini hisoblashda unga jami 25 yil ish staji hisoblanadi.
Izoh qoldirish