Jizzax viloyatining 2023 yil yanvar-sentyabr oylari demografik holati

Jizzax viloyatining   2023 yil yanvar-sentyabr oylari demografik holati

Jizzax viloyatining doimiy aholisi soni 2023 yil yanvar-sentyabr holatiga ko‘ra, 1 499,8 ming kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 24,3 ming kishiga yoki 101,6%ga ko‘paydi. Jumladan, shahar aholisi soni 703,9 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 43,9%), qishloq aholisi soni 795,9 ming kishi (53,1%)ni, erkaklar soni 756,7 ming kishi (50,5%)ni, ayollar soni 743,1 ming kishi (49,5%)ni tashkil etdi.

Viloyat hududlari kesimida eng ko‘p aholi soni Sh.Rashidov tumanida 241,5 ming kishini (viloyat aholisi sonidagi ulushi 16,1%ni) va Jizzax shahrida 195 ming kishini (13%), aksincha eng kam aholi soni Yangiobod shahrida 29,7 ming kishini (2%) va Arnasoy shahrida 48,5 ming kishi (3,2%)ni tashkil etdi.

Qayd etilgan nikohlar soni 7 877 ni tashkil etib, har ming aholiga nikoh koyeffitsiyenti 7,1 promilleni tashkil etgan hamda 2022 yilga nisbatan minus 0,7 promillega kamaygan.

Ajrimlar soni 1 289 ni tashkil etib, har ming aholiga nikohdan ajralishlar koyeffitsiyenti 1,2 promilleni tashkil etgan hamda 2022 yilga nisbatan 0,1 promillega oshgan.

Eng ko‘p ajrimlar Jizzax shahrida 225 ta va Sh.Rashidov tumanida 206 ta aksincha eng kam ajrimlar Yangiobod tumanida 29 ta va Zafarobod tumanida 46 tani tashkil etdi.

Tug‘ilgan chaqaloqlar soni 31 099 bola, shundan eng ko‘p tug‘ilishlar Sh.Rashidov tumanida 5 485 (jami tug‘ilishdagi ulushi 17,6%) va Baxmal tumanida 4 034 (13%), aksincha eng kam tug‘ilishlar Yangiobod tumanida 486 (1,6%) va Mirzacho‘l tumanida 822 (2,6%)ni tashkil etdi.

Doimiy aholi sonining 33,4% mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 55,8% mehnatga layoqatli yoshdagilar va 10,8% mehnatga layoqatli yoshdan kattalar hissasiga to‘g‘ri keladi.

2023 yil 1 oktyabr holatiga 5 254 ta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, har 1000 aholiga o‘lim koyeffitsiyenti 4,8 promilleni tashkil etgan hamda 2022 yilga nisbatan ko‘rsatkich 0,1 promillega ko‘paygan.

Doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelganlar soni 4 765 kishini, doimiy yashash maqsadida ko‘chib ketganlar soni 6 230 kishini, migratsiya saldosi minus 1 465 kishini tashkil etdi.

Saibov Farrux Farxodovich
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jizzax filiali yetakchi ilmiy xodimi
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar