Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Jizzax filiali tomonidan Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda 2022 yil davomida Jizzax viloyatida asosiy kapitalga ega investitsiyalar ko‘rsatkichlari bo‘yicha tahliliy ma’lumot tayyorlandi.
2022 yilda Jizzax viloyatida asosiy kapitalga investitsiyalar 10 763 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Moliyalashtirish manbalari bo‘yicha tahlil qilganda, o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 30 foizi korxona va aholi mablag‘lari, 40 foizi xorijiy investitsiyalar, 15 foizi davlat byudjeti va 15 foizi bank krediti va boshqa qarz mablag‘lari hisobiga to‘g‘ri keladi.
Asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida ishlab chiqarish, ya’ni, mashina, asbob-uskunalar va inventarlar xarajatlari 54,4 foizni, noishlab chiqarish - qurilish-montaj ishlari xarajatlari 36,5 foizni tashkil etdi.
O‘zlashtirilgan investitsiyalarning 33 foizi (3 573 mlrd so‘m) Forish tumaniga, 22 foizi (2 334,5 mlrd so‘m) Jizzax shahriga to‘g‘ri keladi.
Feruz Rahimov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Izoh qoldirish