2022 yil yanvar-mart oylari davomida yalpi hududiy mahsulotning (YaHM) 72,5 foizi (2021 yil yanvar-martda 74,5 foiz) kichik biznes sub’yektlari tomonidan ishlab chiqarildi.
Ushbu davr mobaynida kichik biznes sub’yektlari mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmi 23,5 mln. AQSh dollarini yoki umumiy eksport hajmining 44,2 % ini tashkil etdi.
2022 yil yanvar-mart oylarida hududlar bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksportining jamiga nisbatan eng ko‘p ulushi Baxmal, Mirzacho‘l va Yangiobod tumanlarida – 100,0 %, Paxtakor tumanida 99,1 %, Sh.Rashidov tumanida – 69,2 %ni, eng past ko‘rsatkich Arnasoy tumanida – 0,4 %ni tashkil etdi.
Mazkur oylarda kichik biznes sub’yektlari mahsulot (ishlar va xizmatlar) importining hajmi 84,7 million AQSh dollarini yoki umumiy importning 83,6 %ini tashkil etdi.
Shuningdek, ushbu davrda hududlar bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulotlar (ishlar va xizmatlar) importining jamiga nisbatan eng yuqori ulushi Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov va Yangiobod tumanlarida– 100,0 %, Forish tumanida – 99,8 %, va Mirzacho‘l tumanlarida – 99,7 %, eng past ko‘rsatkich Arnasoy tumanida – 8,5 % ni tashkil etdi.
2022 yilning yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik (biznes) sub’yektlari tomonidan:
- sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 1 249,8 mlrd. so‘mni (jami sanoat ishlab chiqarishining 54,5 foizi) yoki 2021 yilning yanvar-martiga nisbatan 158,0 foizni tashkil qildi;
Jizzax viloyati bo‘yicha eng ko‘proq sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi G‘allaorol (605,6 mlrd. so‘m), Jizzax shahar (245,8 mlrd. so‘m), Paxtakor (70,3 mlrd. so‘m), Zafarobod (60,1 mlrd. so‘m.) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
- 2 884,0 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari (qurilish ishlari umumiy hajmining 93,9 foizi) bajarildi va 2021 yilning yanvar-martiga nisbatan 104,6 foizga ko‘paydi;
- chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 1 866,5 mlrd. so‘mni yoki umumiy chakana savdo tovar aylanmasining 76,9 % ini tashkil etib, 2021 yil yanvar-mart oylariga nisbatan 103,3% ga o‘sishi kuzatildi.
- avtomobil transporti yuk aylanmasining 8,2 foizga (viloyat jami avtomobil transporti yuk aylanmasining 45,9 foizi), yo‘lovchi aylanmasining esa 10,1 foizga (umumiy yo‘lovchi aylanmasining 73,6 foizi) ko‘payishi ta’minlandi;
- 995,9 mlrd. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi yoki ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmining 57,0 %ini tashkil qildi va o‘sish sur’ati 2021- yil yanvar-mart oylariga nisbatan 109,5 %ni tashkil qilgan.
Elyor Po‘latov,
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, Jizzax filiali yetakchi ilmiy xodimi
Izoh qoldirish