Jizzaxda O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi tashkil etildi

Jizzaxda O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi tashkil etildi

“Jizzax viloyatida zamonaviy agrologistika kompleksini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori (1027-son, 23.12.2019 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida zamonaviy agrologistika kompleksini barpo etish maqsadida MChJ shaklidagi “BMB-NRC Agrologistics” O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi tashkil etildi.


2023 yil 1 yanvarga qadar:

  • O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan va agrologistika kompleksi tomonidan olib kelinadigan (tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha) xomashyo, uskuna, maxsus transport vositalari va texnika uchun bojxona to‘lovlari (QQS va bojxona yig‘imidan tashqari) to‘lashdan;

  • agrologistika kompleksiga chet eldan jalb qilinadigan mutaxassislar - jismoniy shaxslardan olinadigan foyda solig‘i to‘lashdan ozod etildi.

Qaror bilan, shuningdek, “Jizzax viloyatida zamonaviy agrologistika kompleksini tashkil etish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar