Kichik sanoat zonalari mulk huquqi asosida tashkil etiladi

Kichik sanoat zonalari mulk huquqi asosida tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 may kuni tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Karantin davrida ko‘pgina tashkilotlar to‘lov qobiliyatini yo‘qotib, bankrotlik yoqasiga kelib qolishi mumkin. Shu sababli, korxonaga sanatsiya qo‘llanilsa, uning soliq va boshqa to‘lovlardan qarzdorligi karantin tugaganidan keyin undirilishi mumkinligi belgilandi.

Yig‘ilishda davlat aktivlarini tadbirkorlarga sotish tizimi tanqid qilindi.

Unda haligacha byurokratizm saqlanib qolgan. Jumladan, auksionga qo‘yilgan ayrim yer uchastkalari va ko‘chmas mulk ob’yektlarining investitsiya majburiyatlari yuqoriligi, infratuzilma rivojlanmagan joylardan ajratilgani sababli ularning 53 foizi ko‘pdan beri sotilmay turibdi. Shuningdek, 57 ta tuman va shaharda so‘nggi 4 oyda tadbirkorlik uchun birorta yer uchastkasi auksionga chiqarilmagan. Joylarda davlat ulushi mavjud 552 ta ob’yekt bo‘sh turibdi.

Ushbu inshootlarda ishlab chiqarish quvvatlarini joylashtirish, ayrimlarida kichik sanoat zonalari tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Bundan buyon kichik sanoat zonalari mulk huquqi asosida tashkil etilib, boshqaruvga xususiy sektor keng jalb qilinadi. Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hokimliklar bilan birga ushbu kichik sanoat zonalari joyini aniqlash, infratuzilmasiga mablag‘ ajratish, boshqaruvga xususiy sektorni keng jalb qilish bilan shug‘ullanadi. Ularni infratuzilmaga ulash uchun joriy yilda Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan 200 milliard so‘m ajratiladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar