Kimlar koronavirusga qarshi bepul emlanishi mumkin

Kimlar koronavirusga qarshi bepul emlanishi mumkin

Sanepidemosoyishtalik xizmati vaksina bilan birinchi navbatda va bepul emlanishi mumkin bo‘lganlarning ro‘yxatini e’lon qildi.

Sanitariya-epidemiologiya xizmati birinchi navbatda va bepul emlash mumkin bo‘lganlar ro‘yxatini e’lon qildi:

- qariyalar (65 yoshdan 74 yoshgacha);
- keksalar (75 yoshdan 84 yoshgacha);
- uzoq umr ko‘ruvchilar (85 yoshdan yuqori);
- tibbiyot xodimlari;
- surunkali kasalliklari borlar;
- maktab o‘qituvchilari;
- maktabgacha ta’lim xodimlari;
- qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari.

Jami bo‘lib 4,1 million kishini emlash rejalashtirilgan. O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash mart oyining birinchi yarmidan boshlanadi. Buning uchun allaqachon 3138 ta emlash xonalari va 820 ta mobil guruhlar yaratilgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar