Majburiy markirovkalashni bosqichma-bosqich joriy etish boshlanadigan sanalar belgilandi

Majburiy markirovkalashni bosqichma-bosqich joriy etish boshlanadigan sanalar belgilandi

«Majburiy raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatini kengaytirish bo‘yicha tajriba loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Vazirlar Mahkamasining 20.05.2021 yildagi 322-son qarorida majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlarni raqamli markirovkalash «Asl belgisi» milliy axborot tizimida jamlanishi keltirilgan.

«CRPT Turon» MChJ «Asl belgisi» milliy axborot tizimi operatori hisoblanadi. Majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlarni raqamli markirovkalash va keyinchalik tovar aylanmasining barcha bosqichlarini kuzatish to‘g‘risidagi ma’lumotlar «Asl belgisi» ma’lumotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimida jamlanadi va qayta ishlanadi.

Vazirlar Mahkamasining ushbu qarori bilan quyidagi hujjatlar tasdiqlandi:

- Majburiy raqamli markirovkalash joriy etiladigan hamda tajriba loyihalari amalga oshiriladigan ayrim turdagi mahsulotlar ro‘yxati;
- Raqamli markirovkalashni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va dasturiy ta’minotlar bilan jihozlanadigan tadbirkorlik sub’yektlari – tajriba loyihalari ishtirokchilari ro‘yxati;
- Dori vositalari va tibbiy buyumlarni hamda suv va salqin ichimliklarni, maishiy texnikani raqamli markirovkalash va kuzatib borish bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom;
- Ayrim turdagi mahsulotlar yangi toifalarini raqamli markirovkalash mexanizmlarini ishlab chiqish tajriba loyihasini amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar rejasi («Yo‘l xaritasi»).

Tadbirkorlik sub’yektlarining tajriba loyihalarini amalga oshirish jarayonida ixtiyoriy ishtirok etishi ularni qonunchilikda belgilangan ishlab chiqarish va majburiy markirovkalash talablariga rioya etishdan ozod etmaydi.

Tajriba loyihasi boshlanadigan sana hamda majburiy markirovkalashni bosqichma-bosqich joriy etish boshlanadigan sanalar belgilandi:

Tovarning nomi

Tajriba loyihasi boshlanadigan sana

Majburiy raqamli markirovkalashni bosqichma-bosqich joriy etish boshlanadigan sana

TIF TN kodi

1

Dori vositalari va tibbiy buyumlar

1.06.2021 y.

1.02.2022 y.

3003, 3004

2

Suv va salqin ichimliklar

15.06.2021 y.

1.03.2022 y.

2009, 2201,2202

3

Maishiy texnika

1.07.2021 y.

1.12.2021 y.

8414, 8415, 8418, 8422, 8423, 8450, 8508, 8509, 8510, 8516, 8518, 8519, 8521,8525,8527, 8528

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.05.2021 yildan kuchga kirdi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar