Mamlakatdan ko‘chib ketgan pensionerlarga pensiya qay taribda to‘lanadi?

Mamlakatdan ko‘chib ketgan pensionerlarga pensiya qay taribda to‘lanadi?

O‘zbekiston Respublikasi pensiya ta’minoti to‘g‘risida xalqaro shartnomalar tuzgan mamlakat tashqarisidagi davlatga doimiy yashash uchun ketilgan kungacha tayinlangan pensiya turar joyidan ro‘yxatdan chiqqan oyning oxirigacha to‘lanadi.

O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga doimiy yashash uchun ketayotgan fuqarolarga pensiyani to‘lash uning arizasi va «Doimiy yashash joyidan ro‘yxatdan chiqarildi» degan belgi bo‘lgan shaxsini tasdiqlovchi hujjat asosida to‘xtatilishi mumkin.

Doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga ketishgacha tayinlangan pensiya (O‘zbekiston Respublikasi pensiya ta’minoti to‘g‘risida xalqaro shartnomalar tuzgan davlatlar bundan mustasno) Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga ketish to‘g‘risida ariza berilgan kundagi pensiya miqdori hisob-kitobidan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga jo‘nab ketishdan 6 oy avval O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida to‘lanadi.

Pensiya to‘lanadigan olti oylik davr O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga doimiy yashash uchun ketishdan avvalgi olti oy uchun pensiya to‘lash uchun arizada ko‘rsatilgan sanadan boshlab hisoblab chiqiladi, bunda ariza berilgan oyda hisoblangan (to‘langan) pensiya puli hisobga olinadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar