MIBda joriy yilda undiruv ko‘rsatkichi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,3 trln so‘m yoki 2 barobarga o‘sdi. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Majburiy ijro byurosi axborot xizmati rahbari Farrux Toshpo‘latov ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, mavjud qarzdorliklar, respublikadan chetga chiqishga qo‘yilgan taqiqlar bo‘yicha ma’lumotlarni olish, shu jumladan ijro ishi jarayonini “onlayn” rejimda kuzatish imkonini beruvchi dasturiy ta’minot “MIB.UZ” mobil ilovasi joriy etildi.
- ijro jarayonida tashqi aralashuvlarning oldini olish maqsadida, “MIB-Portal” dasturiy ta’minoti orqali “Aqlli yordamchi” (Umniy pomoshnik) loyihasi ishga tushirildi;
- yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimi joriy etilganidan buyon Byuroda 182 mlrd. so‘m mablag‘lar tejaldi;
- amalda undiruv ko‘rsatkichi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,3 trln so‘m yoki 2 barobarga o‘sdi;
- Birgina, davlat foydasiga 4,9 trln. so‘m mablag‘ undirilib, bu boradagi ko‘rsatgich 2,7 barobarga oshdi;
- xuddi shunday, soliq qarzdorligi bo‘yicha byudjetga 4,1 trln so‘mlik undiruv amalga oshirildi.
Izoh qoldirish