Moliya vazirligi 2020 yil uchun ish haqi darajasining dinamikasini e’lon qildi

Moliya vazirligi 2020 yil uchun ish haqi darajasining dinamikasini e’lon qildi

Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlar qismining 2020 yil ijrosi bo‘yicha dastlabki natijalarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, ish haqi tarkibining dinamikasi iqtisodiy va soliq islohotlari natijalarini ko‘rsatadi. Iqtisodiyotning umumiy o‘sishi va jismoniy shaxslarning daromadlariga soliq solishning yagona o‘lchovi o‘rnatilishi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i soliq to‘lovchilarining ko‘payishiga va tuzilmaning o‘zgarishiga olib keldi.

Shunday qilib, soliq to‘lovchilar soni 2020 yil noyabr oyida 2018 yil noyabrga nisbatan 12,2%ga

o‘sdi, bunda ish haqi oladigan soliq to‘lovchilar soni (oyiga hisoblab chiqilganda):

– 2 dan 4 mln. so‘m oralig‘ida – 491 ming kishidan 987 ming kishigacha (o‘sish 1,78 marta);

– 4 dan 5,5 mln. so‘m oralig‘ida – 54 ming kishidan 212 ming kishigacha (o‘sish 3,4 marta);

– 5,5 mln. so‘mdan ortiq – 81 ming kishidan 254 ming kishigacha (o‘sish 2,7 marta) o‘sdi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar