Joriy yilning yanvar-iyun oylari uchun Namangan viloyati tashqi savdosida Markaziy Osiyo davlatlarining ulushi 17,1 foizni tashkil etgan. Viloyatning mazkur davlatlar bilan tashqi savdo hajmi 103,7 mln. AQSh dollariga yetgan. Markaziy Osiyodagi yirik hamkori Qirg‘iziston hisoblanib, hisobot davrida o‘zaro savdo 45,9 mln. AQSh dollarini tashkil etgan. Tojikiston bilan tashqi savdo esa viloyatda sezilarli darajada kichik hajmga ega.
2022 yilning yanvar-iyun oylari yakuni bo‘yicha Namangan viloyatining Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aylanmasidagi hajmi:
Qozog‘iston bilan tashqi savdo aylanmasi 45356,9 ming AQSh dollarini tashkil etib, eksport hajmi 16 736,0 ming AQSh dollariga, import hajmi esa 28 620,9 ming AQSh dollariga yetdi.
Qirg‘iziston bilan tashqi savdo aylanmasi 45906,1 ming AQSh dollarini tashkil etib, eksport va import hajmi mos ravishda 39250,5 va 6655 ming AQSh dollariga yetdi.
Turkmaniston bilan tashqi savdo aylanmasi 8081,2 ming AQSh dollarini tashkil etib, eksport hajmi 2916,5 ming AQSh dollariga, import hajmi esa 5 164,7 AQSh dollariga yetdi.
Tojikiston bilan tashqi savdo aylanmasi 4397,7 ming AQSh dollarini tashkil etib, eksport hajmi 2183,2 ming dollarga, import hajmi esa 2214,5 ming dollarga yetdi.
Izoh qoldirish