Navoiy viloyatining 2022 yil uchun byudjet parametrlari

Navoiy viloyatining 2022 yil uchun byudjet parametrlari

Tahlil jarayonida viloyat byudjetining daromadalari va ularning manbalari, xarajatlari hamda ularning yo‘nalish sohalari shuningdek, viloyat hududlariga ajratilgan transfertlar xolatlari o‘rganildi.

Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, viloyat joriy yilda yuqori byudjetdan tranfert olmaydigan mahalliy byudjetlar qatorida turibdi.

2022 yil uchun viloyat mahalliy byudjeti daromadlari 2 186,3 mlrd.so‘mni prognoz qilinayotgan bo‘lsa, xarajatlari ham 2 186,3 mlrd.so‘m etib rejalashtirilgan.

Viloyat byudjetining daromadlar qismi yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i (jami daromad nisbatan 6,1%), jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soliqlari (40,4%), yakuniy iste’molchilarga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz realizatsiya qilishdagi aksiz solig‘i (6,1%), yuridik shaxslarning mol-mulki (10,2%) va yer soliqlari (11,8%), davlat bojlari (3,5%), davlat tashkilotlarining foyda solig‘i (0,5%), jarimalar (2,6%) , Davlat mulki ob’yektlarini sotishdan olingan daromadlar (0,23%), yig‘imlar (2,7%), Yagona soliq to‘lovidan Davlat byudjetiga ajratmalar (5,3%), noruda materiallari ishlab chiqarishda yer qaridan foydalanganligi uchun soliqlar (7,4%), suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlar (1,6%)ning tegishli ravishda o‘tkazib beriladigan qismi hisobidan shakllanadi.

2022 yilda Navoiy viloyatining viloyat byudjetidan hududiy byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga (tashkilot va muassalar) ajratiladigan mablag‘larning umumiy miqdori 1 574 mlrd. so‘mni tashkil qilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan joriy xarajatlarga – 727,7 mlrd.so‘m (46,2%), ob’yektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalarga – 177,7 mlrd.so‘m (11,3%), shuningdek, tuman va shahar mahalliy byudjetlariga transfertlar 669,5 mlrd.so‘m (42,5%).

Eng ko‘p mablag‘ oluvchi tashkilotlar, ya’ni Sog‘liqni saqlash boshqarmasi (17,0%); Xalq ta’limi boshqarmasi (4,5%); Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalar va energitika boshqarmasi (7,5 %); Maktabgacha ta’lim boshqamasi (3,6%); viloyat hokimligini saqlash xarajatlari (1,4%); Madaniyat boshqarmasiga (1,2%); Turizmni rivojlantirish boshqarmasi (1,7%), Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi (3,5%) va boshqalar.

2022 yilda yuqori byudjetdan tuman (shahar) mahalliy byudjetlariga ajratilayotgan 669,5 mlrd.so‘mlik transfertning eng katta qismi Xatirchi – 22,5%, Qiziltepa – 16,1%, Navbahor va Nurota tumanlariga – 12,3% dan to‘g‘ri keladi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

bosh ilmiy xodimi Bahodir Husanov,

yetakchi ilmiy xodimi Ilyos Rabbimov.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar