Ushbu davrda Navoiy viloyati YaHM hajmi 57,3 trln. so‘mni tashkil etgan xolda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,2% ga o‘sgan, shuningdek YaIM tarkibida viloyatning hissasi 7,6% ni tashkil etgan. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaHM hajmi esa 53 880,4 ming so‘mni tashkil qilgan o‘tgan mos davrga nisbatan 3,1% ga oshgan.
Hudud iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi YaHMning 98,5%ini tashkil etgan bo‘lsa, maxsulotlarga sof soliqlar esa 1,5%ini tashkil etgan.
YaHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibida sanoat ulushi 69,8% (2022 yilda 70,1%), qurilish ulushi 3,7% (2022 yilda 3,6%), qishloq xo‘jaligi ulushi 13,7% (2022 yilda 13,4%) va xizmat ko‘rsatish ulushi 12,8% (2022 yilda 12,7%) ni tashkil qilgan.
2023 yilning III choragida kichik tadbirkorlik 15 046,3 mlrd. so‘m (2022 yil– 12 465,5 mlrd. so‘m)ni va YaHMdagi ulushi 26,7% (2022 yil – 25,9%)ni tashkil etgan. Kichik tadbirkorlikning YaHMdagi ulushining o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sishi yirik korxonalar ulushining pasayishi bilan bog‘liq.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Ardasher Murtazayev
Izoh qoldirish