Yalpi hududiy mahsulot
2025 yilda viloyatdagi yalpi hududiy mahsulot (YaHM) hajmi 66,2 trln so‘mni, o‘sish ko‘rsatkichi 2024 yilga nisbatan 106,6%ni tashkil qilgan. Viloyatda yaratilgan YaHMning Respublika yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 3,6%ni tashkil qilgan holda Toshkent shahri, Toshkent, Navoiy, Samarqand, Farg‘ona, Andijon, Qashqadaryo, Buxoro, Namangan viloyatlaridan keyingi 10-o‘rinni egallagan.
YaHM tarkibida sanoat ulushi qurilishni qo‘shgan holda - 19,2%(2024 yilning mos davrida 18,6%), qishloq o‘rmon va baliq xo‘jaligi ulushi 37,4% (2024 yilda 39,4%) va xizmat ko‘rsatish ulushi 43,4% (2024 yilda 42%) ni tashkil kilgan. YaHMda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 76,4% (2024 yilda 77,9%) ni tashkil kilgan.
Jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaHM xajmi 22,2 mln so‘mni tashkil qilgan holda (Respublika hududlari orasida oxirgi o‘rin) o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 104,2%ga oshgan. Viloyat jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaHM xajmi Respublika jon boshiga o‘rtacha ko‘rsatkichidan 2,2 baravar past bo‘lgan.
Sanoat
Viloyatda 6,4 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2024 yilning mos davriga nisbatan 109,3 foiz (o‘sish ko‘rsatkichi bo‘yicha Respublika hududlari orasida 2-o‘rin) ga oshgan. Viloyatda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining respublika sanoatidagi ulushi 0,6 foizni tashkil qilgan va hududlar orasida oxirgi o‘rinni egallangan.
Sanoat mahsulotlarining 65,3%i (2024 yilning mos davrida 64,8%) kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan yaratilgan. Shuningdek, viloyat sanoati tarkibida tog‘-kon sanoatining ulushi-3,5%, ishlab chikaradigan sanoat - 90,4%, elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash - 3,9%, suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish – 2,2%ni tashkil kilgan.
Viloyatda jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsulotlari xajmi 6,3 mln so‘mni tashkil qilgan holda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 106,9 foizga oshgan. Shuningdek, viloyat miqyosida jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat hajmi Respublika jon boshiga o‘rtacha ko‘rsatkichidan 4,6 baravar past bo‘lgan.
Iste’mol tovarlari Viloyatda 51,7 trln so‘mlik (2024 yilga nisbatan 109,1%) iste’mol tovarlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, respublikadagi ulushi 4,1% ni tashkil qilgan.
Qishloq o‘rmon va baliq xo‘jaligi Viloyatda 24,4 trln so‘mlik qishloq o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 103,9%ga oshgan. Respublika qishloq xo‘jalik mahsulotlarida viloyatning ulushi 4,5%ni tashkil qilgan holda, hududlar orasida 7-o‘rinni egallagan.
Xizmat ko‘rsatish
Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari xajmi 28,3 trln so‘mni tashkil qilgan holda, o‘tgan yilga nisbatan 108,1%ga oshgan. Xizmatlar hajmining respublika ko‘rsatkichidagi ulushi 2,7%ni tashkil qilgan holda, hududlar orasida 9-o‘rinni egallagan.
Jon boshiga to‘g‘ri keladigan xizmatlar xajmi 11,9 mln so‘m (Respublika jon boshiga o‘rtacha ko‘rsatkichidan 2,3 baravar kam) bo‘lib, hududlar orasida oxirgi o‘rinni egallagan.
Chakana savdo
Viloyatdagi chakana savdo hajmi 29,6 trln. so‘mni tashkil qilgan holda, o‘tgan yilga nisbatan 110,8%ga oshgan. Chakana savdo xajmining respublika ko‘rsatkichidagi ulushi 6,1%ni tashkil qilgan holda, hududlar orasida 6-o‘rinni egallagan.
Qurilish ishlari
Qurilish ishlari hajmi 6,1 trln. so‘mni tashkil qilgan holda, 2024 yilga nisbatan 108,5%ga oshgan. Viloyatda qurilish ishlari hajmining respublika ko‘rsatkichidagi ulushi 1,9%ni tashkil qilgan holda, hududlar orasida 9-o‘rinni egallagan.
Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar
Asosiy kapitilga kiritilgan investitsiyalar hajmi 22,8 trln so‘m (2024 yilga nisbatan 131,1%) bo‘lib, Respublikadagi ulushi 3,9% (hududlar orasida 11-o‘rin)ni tashkil qilgan.
Tashqi savdo aylanmasi
Tashqi savdo aylanmasi xajmi 790,9 mln AQSh dollarini tashkil qilgan holda, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 186,2 foizga oshgan. Viloyat tashqi savdo aylanmasining Respublika jami tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 1%ni tashkil qilgan holda. Tashqi savdo aylanmasi tarkibida eksportning ulushi 64%, importning ulushi 36%ni tashkil qilgan.
2025 yilda viloyat miqyosida amalga oshirilgan jami eksport xajmi 507,5 mln AQSh dollarini tashkil qilgan holda 2024 yilga nisbatan 86,2%ga oshgan. Import xajmi esa 283,4 mln AQSh dollarini tashkil qilgan holda o‘tgan yilga nisbatan 86,2%ga oshgan.
2025 yil davomida viloyat miqyosida 4752 ta yangi kichik subektlari tashkil etilgan. Shuningdek, ro‘yxatdan utgan kichik bizneslar soni 20753 (2024 yilga nisbatan 108,6%) tani tashkil kilgan.
Eldor Zayniddinov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Qashqadaryo filiali bosh ilmiy xodimi
Izoh qoldirish