Ushbu davrda Navoiy viloyati YaHM hajmi 81,9 trln. so‘mni tashkil etgan xolda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,8% ga o‘sgan, shuningdek YaIM tarkibida viloyatning hissasi 7,7% ni tashkil etgan. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaHM hajmi esa 76 913,1 ming so‘mni tashkil qilgan o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,7% ga oshgan.
Hudud iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi YaHMning 98,7%ini tashkil etgan bo‘lsa, maxsulotlarga sof soliqlar esa 1,3%ini tashkil etgan.
YaHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibida sanoat ulushi qurilishni qo‘shgan holda 73,9% (2022 yilda 73,7%), qishloq xo‘jaligi ulushi 13,9% (2022 yilda 13,9%) va xizmat ko‘rsatish ulushi 12,2% (2022 yilda 12,4%) ni tashkil qilgan.
Respublika makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarining shakllanishida viloyatning hissasi ahamiyatli hisoblanadi. YaIMda viloyatning hissasi 7,7%ni tashkil etib huddudlar ichida 3-o‘rin, respublika sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi hissasi 15,5%ni tashkil etib 3- o‘rin, asosiy kapitalga investitsiyalar kiritish 7,3%ni tashkil etib 5-o‘rinni egallagan.
2023 yilda kichik tadbirkorlikning hajmi 21,1 trln. so‘mni tashkil etib(2022 yilda 17,4 trln.), YaHMdagi ulushi 26,0%ni tashkil qildi(2022 yilda 25,9%) Kichik tadbirkorlikning YaHMdagi ulushining o‘tgan yilga nisbatan oshishi yirik korxonalar ulushining pasayishi bilan bog‘liq.
Murtazayev Ardasher
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Izoh qoldirish