Tanlovga quyidagi yo‘nalishdagi tadqiqot natijalari asosida yozilgan maqolalar qabul qilinadi:
- Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash;
- Kambag‘allikni qisqartirish;
- Ijtimoiy himoya (ayollar, bolalar, qariyalar, nogironlar va h.k.)
- Mehnat bozori, migratsiya va ishsizlik;
- Tadbirkorlikni rivojlantirish;
- Moliya bozori va bank tizimi samaradorligi;
- Tashqi savdoni rivojlantirish va xalqaro iqtisodiy tashkilotlarga integratsiya;
- Sanoat tarmoqlarini rivojlantirish;
- Qurilish va infratuzilmalarni rivojlantirish;
- Axborot-kommunikatsiya sohasi va iqtisodiyot tarmoqlarini raqamlashtirish;
- Transport va logistika;
- Turizm va HoReCa industriyasi;
- Energetika;
- Qishloq xo‘jaligi.
Tanlovga yashash va ish joyidan qat’iy nazar, O‘zbekiston Respublikasining, shuningdek sanoat va mintaqalarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish masalalarini o‘rganadigan barcha tadqiqotchilar qatnashishlari mumkin.
Eng yaxshi maqola muallifning ish va yashash joyi, lavozimi va maqomidan qat’i nazar, sifat ko‘rsatkichlari asosida xolis tanlanadi.
Tanlov mukofot jamg‘armasi 50 million so‘m:
1 o‘rin 25 million so‘m
2 o‘rin 15 million so‘m
3 o‘rin 10 million so‘m
Tanlovga O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan o‘zbek, rus yoki ingliz tilida yozilgan to‘liq matnli chop etilgan maqolalar qabul qilinadi.
22 yoshdan kichik tadqiqotchilar tomonidan chop etilgan eng yaxshi maqola muallifi 10 million so‘m pul mukofoti taqdirlanadi.
Tanlovga 2021 yil 1 fevralidan 1 sentyabrgacha chop etilgan maqolalalar qabul qilinadi. Qabul qilish oxirgi kuni 2021 yil 1 sentyabr.
Tanlov natijalari 2021 yil 1 oktyabrda e’lon qilinadi.
Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Novza 6
Aloqa uchun:
📞Tel: (+998 78) 150 02 02 (406)
📞Tel: (+998 90) 372 99 34
E-mail: m.kholmukhamedov@cerr.uz
E-mail: tanlov@cerr.uz
Izoh qoldirish