Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-oktyabr oylarida xorijdan O‘zbekistonga qiymati 114 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 2,4 mln. tonna sement import qilingan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 336,5 ming tonnaga ko‘p.
2021 yilning 10 oyida O‘zbekiston sement import qilgan asosiy davlatlar:
- Qozog‘iston – 1,1 mln. tonna
- Tojikiston – 631,8 ming tonna
- Qirg‘iz R. – 604,3 ming tonna
- Eron – 51 ming tonna
- Turkmaniston – 35,6 ming tonna
2021 yilning yanvar-oktyabr oylarida xorijdan eng ko‘p sement import qilgan hududlar:
- Toshkent shahri – 1,2 mln. tonna
- Farg‘ona viloyati – 391 ming tonna
- Andijon viloyati – 351 ming tonna
- Namangan viloyati – 140 ming tonna
- Surxondaryo viloyati – 110 ming tonna
- Toshkent viloyati – 91 ming tonna
- Jizzax viloyati – 66 ming tonna
- Samarqand viloyati – 26 ming tonna
- Buxoro viloyati – 11 ming tonna
- Qashqadaryo viloyati – 10 ming tonna
- Sirdaryo viloyati – 8 ming tonna
Shuningdek, noyabr oyida sement narxlari oktyabr oyiga nisbatan o‘rtacha 2,6 % ga arzonlashgan.
Izoh qoldirish