O‘zbekistonda eng yuqori oylikni qaysi soha vakillari oladi?

O‘zbekistonda eng yuqori oylikni qaysi soha vakillari oladi?

Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2021 yilning yanvar-iyun oylarida o‘rtacha oylik ish haqi 2 mln 971 ming so‘mni tashkil qildi.

O‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi tarkibiga qo‘shimcha to‘lovlar, mukofot pullari, rag‘batlantiruvchi to‘lovlar, kompensatsiya va ishlamagan vaqti uchun to‘lovlar, shuningdek, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va kasaba uyushmasiga ajratmalar kiradi.

Qayd etilishicha, o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori darajasi moliyaviy va sug‘urta iqtisodiy faoliyatida — 7 mln 111 ming so‘m yoki respublika ko‘rsatkichidan (2 mln 971 ming so‘m) 2,4 barobar yuqori ekanligi aniqlandi.

Aksincha eng kami esa sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish faoliyatida — 2 mln 49 ming so‘m, yoki respublika o‘rtacha oylik ish haqining (2 mln 971 ming so‘m) 69%i ga tengligi ma’lum qilindi.

Shuningdek, qo‘mita yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan korxona va tashkilotlarda ishlovchi, qishloq xo‘jaligi va kichik tadbirkorlik subektlaridan tashqari xodimlarning o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqlari har bir iqtisodiy faoliyat turlarida turlicha farqlanishini ta’kidlagan.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar