O‘zbekistonda ishbilarmonlik faolligi indeksi mo‘tadil darajada qolmoqda

O‘zbekistonda ishbilarmonlik faolligi indeksi mo‘tadil darajada qolmoqda

Komponentlar darajasida quyidagi o‘zgarishlar bo‘lgan.

2025 yilning noyabr oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan oyga nisbatan 0,9 foizga kamayib, 991 birlikni tashkil etishi, quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan:

  • xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqlaridagi operatsiyalar soni bo‘yicha komponent 9,0foizga kamaygan;
  • tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 6,8 foizga ortgan;
  • faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bo‘yicha komponent 1,1 foizga ortgan;
  • tovar belgilari bo‘yicha komponent 21,3 foizga kamaygan;.

Hududlar kesimida Andijon viloyatida eng yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan.

2025 yil noyabr oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi 12 ta hududda o‘tgan oyga nisbatan o‘sishi kuzatilgan. Jumladan, Andijon (40,8 %), Xorazm (36,2 %), Buxoro (34,8 %) va Samarqand viloyatida (34,4 %) sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan (Grafik №2, Jadval №1, 2).

Biroq, Sirdaryo (19,1 %) va Surxondaryo (15,4 %) viloyatlarida sezilarli kamaygan.

BANK HISOB VARAQALARI BO‘YIChA OPERATsIYaLAR

2025 yil noyabr oyida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 5 977,5 ming tani tashkil etdi va 2025 yilning oktyabr oyiga nisbatan 593,9 ming tranzaksiyaga (9,0%) kamaygan.

Banklararo to‘lov operatsiyalari soni barcha hududda kamaygan.

2025 yil noyabr oyida respublikaning 14 ta hududida yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan kamaygan. Xususan, Qashqadaryo (17,0 %), Xorazm (16,8 %), Surxondaryo (15,6 %) va Buxoro (15,3 %) viloyatlarida sezilarli kamayish kuzatilgan.

TOVAR-XOM AShYo BIRJASIDAGI FAOLLIK

2025 yilning noyabr oyida IFIning birja komponenti 1,0675 birlikni tashkil etdi. Bu esa, ushbu komponentning o‘tgan oyga nisbatan 6,8 foizga ortganini anglatib, har bir bitim bo‘yicha sotib olingan tovarlarning o‘rtacha hajmi 24,4 foizga ortganligi va tuzilgan bitimlar soni 10,9 foizga kamayganligi bilan izohlanadi.

Respublika tovar-xom ashyo birjasida tovarlar savdosining umumiy aylanmasi hajmi 2025 yil noyabr oyida 6 980 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 3,7 foizga kamaygan.

XO‘JALIK YuRITUVChI SUB’YeKTLARNING FAOLLIGI

Faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent 2025 yil noyabr oyida 1,0106 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 1,1 foizga ortgan. Bunda:

2025 yil noyabr oyida barcha turdagi faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar soni o‘tgan oyga (487 763 birlik) nisbatan 6 100 birlikka ortib, 493 863 birlikni tashkil etgan.

Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni esa 27 taga oshgan.

Hisobot davrida, kichik korxonalar soni 395 777 tadan 401 462 taga ortgan (5685 ta). Shuningdek, fermer xo‘jaliklari soni 87 952 tadan 88 340 tagacha (388 ta) ortgan. Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan sub’yektlar soni 4 061 tani tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 27 taga ortgan.

BRENDLARNI RO‘YXATGA OLISh

2025 yil noyabr oyida savdo belgilari muhofazasi bo‘yicha indeks 0,7867 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan -21,3 foizga kamaygan. 2025 yilning noyabr oyida yuridik shaxslar tomonidan 354 ta tovar belgilari va tovar nomlari ro‘yxatga olingan.

Jadval №1

O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishi

Mintaqalar

IFI

Hisoblar bo‘yicha

operatsiyalar komponenti

Indeksning birja komponenti

Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti

Yangi savdo markalari komponenti

O‘zbekiston Respublikasi

991

0,9096

1,0675

1,0106

0,7867

Andijon viloyati

1408

0,9725

2,0000

1,0106

1,5000

Xorazm viloyati

1362

0,8317

2,0000

1,0014

1,7000

Buxoro viloyati

1348

0,8467

2,0000

1,0168

0,9167

Samarqand viloyati

1344

0,8879

2,0000

1,0102

0,3824

Farg‘ona viloyati

1253

0,9054

1,7229

1,0064

0,8667

Navoiy viloyati

1136

0,8836

1,4119

1,0104

1,3333

Qashqadaryo viloyati

1108

0,8297

1,4717

1,0139

0,2105

Toshkent viloyati

1103

0,9024

1,3523

1,0129

0,7692

Jizzax viloyati

1081

0,8542

1,3284

1,0044

1,0000

Toshkent shahri

1050

0,9127

1,2143

1,0046

0,7852

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1017

0,8867

1,1379

1,0076

1,0000

Namangan viloyati

1004

0,8508

1,1266

1,0254

1,0000

Surxondaryo viloyati

846

0,8438

0,7436

1,0166

1,0000

Sirdaryo viloyati

809

0,8539

0,6223

1,0163

1,2500

Jadval №2

O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan yilning mos oyiga nisbatan o‘zgarishi

Mintaqalar

IFI

Hisoblar bo‘yicha

operatsiyalar komponenti

Indeksning birja komponenti

Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti

Yangi savdo markalari komponenti

O‘zbekiston Respublikasi

840

1,0108

0,6016

1,0170

0,7375

Andijon viloyati

1545

1,4536

2,0000

0,9625

0,8182

Samarqand viloyati

1406

1,0625

2,0000

0,9876

0,5652

Namangan viloyati

1360

0,9265

2,0000

1,0112

0,4545

Jizzax viloyati

1349

0,9182

2,0000

0,9989

0,2500

Farg‘ona viloyati

1224

0,8114

1,7394

0,9906

0,8667

Toshkent shahri

1189

1,0022

1,4387

1,0826

0,8080

Sirdaryo viloyati

1141

0,9961

1,3696

1,0140

0,7143

Qashqadaryo viloyati

1100

1,0302

1,2361

1,0371

0,5714

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1066

0,9053

1,1804

1,0537

1,5000

Surxondaryo viloyati

1008

0,9181

0,9875

0,9840

2,5000

Buxoro viloyati

998

0,9739

1,0429

0,9394

1,1000

Xorazm viloyati

988

0,9394

1,0513

0,9857

0,7391

Navoiy viloyati

978

0,9532

1,0213

0,9618

0,8000

Toshkent viloyati

909

0,9496

0,8349

1,0544

0,3571

Islombek Saparmatov

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar