O‘zbekistonda «oltin daftar» yagona ma’lumotlar bazasi yaratiladi (video)

O‘zbekistonda «oltin daftar» yagona ma’lumotlar bazasi yaratiladi (video)

Mehnat migratsiyasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev «oltin daftar» yagona ma’lumotlar bazasini yaratishni taklif qildi. Unga chet elda ishlaydigan fuqarolar — potensial sarmoyadorlar, nufuzli xorijiy universitetlarning professorlari va xalqaro tashkilotlar vakillari kiritiladi. Bu haqda «O‘zbekistan 24» telekanali efirida tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbari chet ellik mehnat muhojirlarining huquqlarini himoya qilishning huquqiy mexanizmlarini shakllantirish va ular bilan doimiy aloqa o‘rnatish zarurligini yana bir bor ta’kidladi. Prezident, shuningdek, dunyoning ko‘plab mamlakatlaridagi hamyurtlar, xususan, mehnat muhojirlarining aniq bazasini yaratish va ularning muammolarini aniqlash va hal qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish vazifasini qo‘ydi.

«Yana bir muhim yo‘nalish prezidentimiz tomonidan belgilab berildi — «oltin daftar» atamasini joriy qilishni taklif qildi. Bu salohiyatli investor bo‘ladimi, yoki nufuzli xorijiy universitetlarda ishlayotgan professorlar bo‘ladimi, xalqaro tashkilotlarda ishlayotgan vatandoshlarimiz bo‘ladimi, ular mamlakatimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shishi mumkin», — dedi Farhod Arziyev.

Davlat rahbari, avvalo, xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalarini O‘zbekiston sharoitida qo‘llashni o‘rganishni buyurdi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar