O‘zbekistonda ushbu haftada qaysi mahsulotlar arzonlashdi va narxlari oshdi

O‘zbekistonda ushbu haftada qaysi mahsulotlar arzonlashdi va narxlari oshdi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan 2020 yil 20 oktyabr holatiga ko‘ra aholining iste’mol savatchasidagi oziq-ovqat narxlari indeksini ishlab chiqildi.

Ma’lumot uchun: indeks go‘sht va sut mahsulotlari (mol go‘shti, qo‘y go‘shti, parranda go‘shti, sut, tuxum), sabzavotlar (piyoz, karam, pomidor, sabzi, bodring, kartoshka), mevalar (olma, nok), poliz mahsulotlari (tarvuz, qovun, qovoq, uzum), dukkakli ekinlar (no‘xat, loviya, mosh), guruch, un, makaron, sabzavot, sariyog‘ va shakar kabi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini hisobga olgan holda hisoblandi.

Yagona indeksni tuzishda, mamlakat aholisining iste’mol odatlarini tavsiflovchi og‘irliklar qo‘llanildi (ya’ni, aholi o‘rtasida ushbu mahsulot qancha ko‘p iste’mol qilinsa, uning og‘irligi shuncha yuqori bo‘ladi).

Natijada quyidagilar aniqlandi:

2020 yil 20 oktyabr holatiga oziq-ovqat narxlari indeksi respublikada o‘tgan haftaga nisbatan +0,36% ni tashkil etdi.

O‘tgan hafta bilan taqqoslaganda go‘sht, guruch, kartoshka, tuxum, loviya va mosh mahsulotlari o‘rtacha narxi pasaydi.

Ma’lumot uchun: o‘rtacha mol go‘shti (-3,80%) va baliq (-3,08%) narxlari mos ravishda 56 023 so‘m va 20 770 so‘mni tashkil etdi. Parranda go‘shti (-1,03%) va qo‘y go‘shti (-0,49%) kabi mahsulotlarning narxlarida pasayish kuzatildi va ularning o‘rtacha narxi mos ravishda 20643 so‘m va 60630 so‘mni tashkil etdi. Kartoshkaning o‘rtacha narxi (-0,32%) 3706 so‘mni tashkil etdi. Guruch -0,67 % ga arzonlashdi va 10 700 so‘mni tashkil etdi. Tuxumning o‘rtacha narxi (-1,13%) 10 990 so‘mni tashkil etdi. Loviya va mosh narxi mos ravishda 13136 so‘m va 11513 so‘mni tashkil etdi (1-jadval).

Ushbu haftada sut, o‘simlik moyi, bug‘doy uni, shakar, makaron va sariyog‘ kabi mahsulotlar narxlarida biroz o‘sish kuzatildi.

Ma’lumot uchun: o‘tgan haftaga nisbatan pomidor (+30,14%) va bodring (18%) kabi mahsulotlarning narxlarida sezilarli darajada o‘sishi kuzatildi va ularning respublikada 1 kg uchun o‘rtacha narxi mos ravishda 4588 so‘m va 5405 so‘mni tashkil etdi. Bundan tashqari, tarvuz (+ 4,25%), qovun (+ 3,21%) va uzum (+ 2,63%) narxi qimmatlashdi va ushbu mahsulotlarning o‘rtacha narxi mos ravishda 1 kg uchun 1649 so‘m, 2353 so‘m va 9934 so‘mni tashkil etdi. O‘simlik yog‘ining o‘rtacha narxi ( 1 litr) 13360 so‘mni (+ 2,36%) tashkil etdi. Bug‘doy uni (+ 0,76%), makaron (+ 0,27%), sut (+ 0,13%) va sariyog‘ (+ 0,10%) kabi mahsulotlar narxlarnida o‘sishi sezilarsiz edi (1-jadval).

1-jadval. 20 oktyabr holatiga O‘zbekiston Respublikasida oziq-ovqat mahsulotlarining o‘tgan haftaga nisbatan o‘sishi yoki pasayishi, (%)

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qomitasi (DSQ) tezkor ma’lumotlari asosida muallif hisob-kitoblari

Viloyatlar kesimida Sirdaryo (+ 2,48%), Navoiy (+ 2,12%), Andijon (+ 1,61%), Qashqadaryo (+1,28%), Samarqand (+1,22%) va Farg‘ona (+ 1,22%) viloyatlarida, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasida (+ 1,08%) sezilarli o‘sish sur’atlari kuzatildi.

Toshkent (+0%), Surxondaryo (+0,03%), Namangan (+0,35%) va Buxoro (+0,58%) viloyatlarida nisbatan barqaror narxlar kuzatildi.

Xorazm viloyati va Toshkent shahrida narxlarning pasayishi mos ravishda -1,68% va -3,51% ga teng bo‘ldi.

20-oktabr holatiga ko‘ra narxlarning o‘sish sur’ati o‘tgan haftaga nisbatan sezilarli darajada pasaydi, va 0,36% ni tashkil etdi (1-rasm).

1-rasm. Iste’mol savatidan oziq-ovqat mahsulotlari narxlari indeksining dinamikasi (%)

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qomitasi (DSQ) tezkor ma’lumotlari asosida muallif hisob-kitoblari

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar